Kapitan Grant bolalari
Qayerda oʻqish mumkin
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
1864-yil 26-iyulda lord Eduard Glenarvanga tegishli yaxta matroslari ulkan bolgʻa baliqni tutib oldilar. Och koʻz baliq butunicha yutib yuborgan shisha ichidan ingliz, nemis va fransuz tillarida yozilgan hujjat chiqdi. Dengiz suvi chirita boshlagan bu qogʻozlardan aniqlanishicha, ikki yil oldin gʻoyib boʻlgan “Britaniya” kemasi halokatga uchragan. Ekipaj kapitani Grant va ikki dengizchi esa tirik qolgan... Kapitan va dengizchilarning boshdan kechirganlari hamda adolat uchun mardona kurashganlarini mutolaa davomida bilib olasiz.
Kitob haqida
- Asl nomi
- Les Enfants du capitaine Grant
-
Tili
Asar yozilgan til
- Fransuz
- Ilk nashr sanasi
- 1867
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
Jyul Vern bolalar uchun yozmaydi. U hamma uchun yozadi!
Asar bir guruh dengiz sayyohlarining baroridan kelgan akula ovidan so'ng, akula qornini ochishlari hamda uning ichidan shishaga zichlab solingan, uchta tilda yozilgan jumboqli, yordam so'rab yozilgan xat topib olishganidan so'ng boshlanadi.
Xatda bir guruh dengizchilar kemada sayohatida halokatga uchrab, noma'lum orolga tushib qolishgani bayon etilgan edi. Asar bosh qahramonlaridan biri mard va jasur Lord Glenarvan ana shu dengizchilarni, aniqroq aytadigan bo'lsak Kapitan Grantni izlab yo'lga chiqadi. Sizning kitob, hamda Janubiy Amerika, Avstraliya, Yangi Zwlandiya bo'ylab sayohatingiz ana shu tarzda boshlanadi.
Muallifning "O'n besh yoshli kapitan (https://t.me/BahodirMahmud/1082)" asarini o'qigach, uning nafaqat yozuvchi balki haqiqiy olim ekanligini kashf qilgan edim. Bu kitobdan keyin bunga yana bor amin bo'ldim. Shunchaki ensiklopediya! Kitobda shuningdek, mardlik, do'stlik, jasorat, g'amxo'rlik, dardkashlik kabi fazilatlar ulug'lanadi.
🏖 Farzangiz uchun (10+) yozgi ta'tilni samarali o'tkazishida qo'l keladigan kitob. Albatta olib bering (https://asaxiy.uz/product/zhyul-vern-kapitan-grant-bolalari). O'qimagan bo'lsangiz birgalikda o'qib muhokama qilishni tavsiya qilaman. Aytgancha, yangi sarguzashtlar uchun dunyo siyosiy kartasini qo'shib olish esdan chiqmasin. 🗺
📖 Kitobni "Mutolaa" ilovasida bepul o'qishingiz (tinglashingiz) mumkin:
⛓️ https://mutolaa.com/ru/book/kapitan-grant-bolalari
🌐 Jahon adabiyotiga doir boshqa kitoblarga kichik taqrizlar (https://t.me/BahodirMahmud/1413)
👁 @BahodirMahmud
Hozircha iqtiboslar yoʻq