1984
16+Qayerda oʻqish mumkin
Bu sayt — mutolaa kundaligi
Bu yerda kitoblarni oʻqib yoki yuklab (PDF) boʻlmaydi. Oʻqiganlaringizni qayd eting, baholang va taqriz yozing. Batafsil
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
1949-yilning 8-iyun kuni Jorj Oruellning mashhur “1984” romani dunyo yuzini koʻrdi. Antiutopiya janridagi ushbu asar senzura, total nazorat, soʻz erkinligining yoʻqligi insoniyatni qay ahvolga keltirib qoʻyishini oʻta mubolagʻali va fojiali tarzda koʻrsatib bergan. Kitob butun dunyoni larzaga soldi va umuminsoniy qadriyatlar rivojiga hissa qoʻshdi. Yangi tarixga, insoniyat madaniyatiga, maʼnaviy va siyosiy qadriyatlariga bu darajada kuchli taʼsir oʻtkazgan asarlar barmoq bilan sanagulik. U koʻplab tillarga oʻgirildi va millionab nusxada chop etildi. “1984” 1988-yilda SSSRda taqiqlangan edi. Shu bois oʻzbek kitobxoni uni uzoq kutishiga toʻgʻri keldi. Roman bir necha yil muqaddam nihoyat oʻzbek tiliga oʻgirildi va koʻp nusxada sotilib, shov-shuvga sabab boʻldi.
Kitob haqida
- Asl nomi
- Nineteen Eighty-Four
-
Tili
Asar yozilgan til
- Ingliz
- Ilk nashr sanasi
- 1949
- Oʻzbek tilida nashr etilgan sana
- 2020
- Yosh chegarasi
- 16+
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
📌 AXTED: Erkinlikning yoʻqolishi va haqiqatning tahriri haqida — "1984" (Jorj Oruell) Insoniyat tarixidagi eng qoʻrqinchli narsa nima? Urushlarmi, ocharchilikmi yoki insonning oʻz fikriga, tuygʻulariga va xotiralariga ega boʻla olmasligimi?
Bugun birga butun dunyo kitobxonlarini larzaga solgan va bugungi jamiyat uchun ham hamon dolzarb boʻlib qolayotgan shohasar — Jorj Oruellning "1984" romanini tahlil qilamiz.
Syujet va gʻoya haqida qisqacha: Asar voqealari har bir qadami, hatto oʻylayotgan fikrlari ham "Katta Ogʻa" (Big Brother) va "Fikr politsiyasi" tomonidan nazorat qilinadigan totalitar jamiyatda boʻlib oʻtadi. Asar qahramoni Uinston Smit Haqiqat vazirligida ishlaydi — uning vazifasi Partiyaning bugungi siyosatiga mos kelmaydigan oʻtmishdagi barcha gazeta va hujjatlarni qayta yozish va oʻzgartirishdir. Biroq Uinston ich-ichidan ushbu tuzumga qarshi isyon koʻtaradi va taqiqlangan tuygʻu — muhabbatga intiladi...
Nega bu kitobni oʻqish kerak?
"Ikkilamchi fikrlash" (Doublethink): Oruell inson ongini qanday qilib bir vaqtning oʻzida ikkita qarama-qarshi fikrga ishonishga majbur qilish mumkinligini dahshatli darajada aniq koʻrsatib beradi.
Til va ong nazorati ("Yangi til"): Jamiyatda soʻzlar soni qisqartirilsa va fikrlash uchun zarur iboralar yoʻq qilinsa, inson hatto isyon haqida ham oʻylay olmay qoladi.
Cheksiz nazorat va yolgʻizlik: Atrofingiz toʻla odam boʻlsa-da, hech kimga va hatto oʻzingiz qogʻozga yozgan kundalikka ham ishona olmaysiz.
"Erkinlik — bu ikki karra ikki toʻrt deyish imkoniyatidir. Agar bunga ruxsat berilsa, qolgan barcha narsalar oʻz-oʻzidan kelib chiqadi..."
AXTED tavsiyasi: "1984" — bu shunchaki badiiy toʻqima emas, bu insoniyat shaxsiy daxlsizlik, haqiqat va soʻz erkinligini yoʻqotsa, oqibati qanday fojia bilan tugashi haqida berilgan ulkan ogohlantirishdir.
Bu kitob prosta menga yoqdi
yaxshi
Ajoyib
#MenOʻqiganKitob
📖 Jorj Oruell. 1984 (1949)
Ochigʻi, oldinroq asarni bir necha marta boshlagan boʻlsam ham hech asar soʻngiga yeta olmagan edim. Vaqt boʻlib qayta mutolaaga imkon topildi.
Asar odamning yuragini siqib qoʻyadigan, uzoq oʻylantirib qoʻyadigan kitob. Koʻzlarni esa moshday ochadigan kitob.
Asar garchi 1947-yilda yozilgan boʻlsa ham, voqealar rivoji kelajak zamonda 1984-yilda, hozirgi Angliya hududida sodir boʻladi.
Asar bosh qahramoni Uinston Smit oʻzi Haqiqat vazirligida ishlasa-da, davlat boshqaruvi, xususan, davlatning eng kattasi "Katta ogʻa" (prototip-Stalin)dan nafratlanadi.
Hamma yerda taqiq. Hamma yerda kuzatuv. Gapirilgan notoʻgʻri gap tugul, oʻylangan teskari fikr uchun ham fikr politsiyasi tomonidan qoʻlga olinishing mumkin.
Xullas, oʻqivoradigan joyi. Taqriz yozaman deb shundoq yaxshi asarni spoyler qilib qoʻyish niyat yoʻq.
Qisqa qilib aytganda Oruel - daho.
⭐️ Asar uchun shaxsiy reyting: 9/10
📚 Men oʻqigan boshqa kitoblarga taqrizlar (https://t.me/BahodirMahmud/304)
✅ @BahodirMahmud
zor
Zoʻr
Yaxshi
Yaxshi
Zoʻr
Bu kitob huddi bir tilsim kalit oqilona oqganlar ichun
Yaxshi
zor
Juda zur kitob
Zor
Erkinlik — bu ikki karra ikki toʻrt deyish imkoniyatidir. Agar bunga ruxsat berilsa, qolgan barcha narsalar oʻz-oʻzidan kelib chiqadi
Katta Ogʻa seni kuzatmoqda.
Ikki karra ikki besh deb aytish va bunga chin dildan ishonish — mana bu haqiqiy fikrlash erkinligining yo'qolishidir.
Kimki oʻtmishni nazorat qilsa, kelajakni ham nazorat qiladi. Kimki hozirgi zamonni nazorat qilsa, oʻtmishni ham nazorat qiladi.
Ayriliqda va taqiqlar ostida sevish — bu shunchaki tuyg'u emas, bu har bir soniyada qilinadigan ruhiy jasoratdir.
Balki, inson sevilishdan ham koʻra tushunishlariga koʻproq muhtojdir.
Eng yaxshi kitoblar senga oʻz bilganlaringni soʻzlaydigan kitoblardir.
"Haqiqat – bu jamiyat uchun emas, partiya uchun muhim bo‘lgan narsa. Haqiqat – bu nima qilishni buyurishsa, o‘sha."
Jorj Oruellning "1984" romanidan iqtiboslar: • Erkinlik ikki karra ikki to'rt ekanini ayta olishing. • Agar hamma ta’minot va farog‘at imkoniga ega bo‘lsa, avval qashshoqlikdan laqma bo‘lgan ulkan bir omma savod chiqaradi va mustaqil fikrlay
Olomon qanday fikrda yoki fikrda emas - bunga befarqlik bilan qaraladi. Ularga tafakkur erkinligini berish mumkin, chunki ularda aqlning oʻzi yoʻq.