Paulo Koelo

Paulo Koelo

24.08.1947

3.7 (30 ta baho)
Falsafa Hikoya Klassika Motivatsiya Rivoyat Roman Sarguzasht

Paulo Koelo bugungi jahon adabiyotining eng mashhur yozuvchilaridan. U Braziliyada yashaydi, portugal tilida ijod qiladi. Uning romanlari jahonning deyarli barcha tillariga tarjima qilingan. XX asrning 90-yillarida yaratilgan “Alximik” va “Beshinchi togʻ” romanlari, ayniqsa, katta shuhrat qozondi.“Alximik”ni ajoyib ibratli ertak, deb ham atashadi. Adibning oʻzi yozganidek, romanda hikoya qilingan yosh choʻpon yigit Santyagoning sayohati bilan bogʻliq voqealar asosida yotgan tub maʼno-mazmun – bu “oʻz Taqdiring” tushunchasidir. Asar qahramoni Santyago oʻz orzu-niyati yoʻlida vatani Andaluziya (Ispaniya)dan Misrga safarga otlanar ekan, bu yolda turli-tuman sarguzashtlarni boshidan kechiradi, xilma-xil odamlarga duch keladi, ulardan gʻaroyib pand-nasihatlar, rivoyatlar eshitadi. Koeloning roman, antalogiya, hikoya, ertak-hikoyalardan iborat 16 ta kitobi mavjud. Uning dunyoning koʻpgina tillarida chop etilgan kitoblari umumiy tiraji 300 milliondan oshadi. Uning “Alximik” asari oʻzbek tiliga biratoʻla uch ijodkor – Ozod Sharafiddinov, Ahmad Otaboyev, Aziz Saidlar tomonidan tarjima qilingan. Asarlari: “Ziyorat” yoki “Sehrgarlar kitobi” (1987), “Alximik” (1988), “Brida” (1990), “Valkiriyalar” (1992), “Maktub” (1994), “Riyo Pedro qirgʻogʻida…” (1994), “Beshinchi togʻ” (1996), “Dunyolar jangi kitobi” (1997), “Paygʻambarning ishqiy maktubi” (1997), “Veronika oʻlishga qaror qildi” (1998), “Shayton va Prim xonim” (2000), “Otalar, bolalar va bobolar” (2001), “Oʻn bir daqiqa” (2003), “Zohir” (2005), “Portobellolik jodugar” (2007), “Gʻolib bir oʻzi qoladi” (2008), “Alif” (2011), “Daryo kabi” (2012).

Kitoblar (8)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Alif
Alif

2011

2.2 (5)
Dunyolar jangi kitobi
Dunyolar jangi kitobi

1997

0.0 (0)
Alkimyogar
Alkimyogar

1988

3.9 (24)
Maktub Paulo Koelo
Maktub

5.0 (1)
Rivoyatlar Paulo Koelo
Rivoyatlar

0.0 (0)
Muhabbat rishtasi uz... Paulo Koelo
Muhabbat rishtasi uzilmaydi

0.0 (0)
Yangi hayot Paulo Koelo
Yangi hayot

0.0 (0)
Baxt kaliti Paulo Koelo
Baxt kaliti

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help