#️⃣ #MenOʻqiganKitob
Paulo Koelo - Alif
Diqqat, taqrizda bir nechta spoylerlar bor.
Shunday mualliflar boʻladiki, bir dona boʻlsa ham qaysidir kitobini mazza qilib oʻqigan boʻlsang, uning keyingi chop etgan istalgan kitobini yana koʻrging, undan lazzat olging keladi. Chunki bu yozuvchining yozish uslubidan xabaring bor. Oldinga qanday "taom" olib kelishini bilasan. (Huddi "Million" yoki "Dizayn"ning konsertida dumalab kulishimizni oldindan bilgandek.)Koeloning kitoblari hamisha oʻqishli boʻlib kelgan. Buning ilk sababi kitoblarning ixchamligi. Baʻzi xollarda "semiz" kitoblarga ham uncha-muncha odamning "tishi oʻtavermaydi".
Ikkinchi sabab esa, asarlardagi qahramonlarda oʻquvchini oʻzini uchratib qolib, "voy, bu hayotdagi men-ku" deb yuborishidir. Qahramonlarning hayoti bizning hayotimizga oʻxshash; baxt qidirgan, muhabbat izlagan va hokazo.
"Alkimyogar"ni bundan bir necha yillar, paxta terimiga xasharga borganimda oʻqigan edim. Tagimga bir qop paxtani solvolib, tutning tagida planshetda kitob oʻqish gashti boshqacha-da! (Paxta terishga yohsligimdan noʻnoqman. Qoʻyishga ham)
Rosa ezmalangan boshida. Unda yosh boʻlganman. Qoʻlga qanday kitob tushsa oʻqib ketaverar edim. Kitobni oʻqiyapman-u tushunmayapman. Nima deyapti deb qoʻyaman oʻzimga-oʻzim. Ikki-uch kun shu tarzda oʻqidim. Kel endi boshlab qoʻydim, oxiriga yetmasam boʻlmaydi deb oxiriga yetdim-u, oʻsha kitobga boʻlgan bor mehrimni oʻsha soʻnggi sahifalarda topdim. "Alkimyogar"ni shunday asar deb bilaman. Haqiqiy asar magʻzi faqat uni soʻnggi betlariga yetib borganingdagina koʻz oldingda namoyon boʻladi.Yaqin orada "Alif"ning rasmlari, reklama postlari, u haqida fikrlar paydo boʻla boshladi. Chiroyli dizayn darrov eʻtiborimni tortdi. goodreads.com ga kirib darhol kitob va unga berilgan baholar bilan tanishdim. Chakki emas. Menga yoqdi. Oʻqishga niyat qildim. Firuz akadan kitobning elektron versiyasini soʻradim. Sovgʻa qildilar. Oʻqishni boshladim.
"Alif" - avtobiografik asar. Paulo akaning yoshlikda dillarining bir chetidan chiqqan orzulari - Rossiya yerlarini bir mazza qilib poyezdda sayohat qilishning amalga oshishi hikoya qilinadi asarda. Oʻz hamrohlari bilan yoʻlga chiqqan muallif yoʻlda nogahon asli turkiyalik, lekin anchadan beri Rossiyada yashaydigan Hilol ismli skripkachi qizni oʻz jamoasi bilan safarga olib ketishga "majbur" boʻlib qoladi.
"Hammasi" shundan boshlanadi. Bu "hammasi"ni ichida koʻp narsa bor. Ularning bir-biri bilan "koʻz urishtirib" bir vagon ichida tunni birga oʻtkazishgandan tortib, ularning oldingi dunyoda ham bir-biriga yaqin kishilar boʻlishganligi haqida suhbatlargacha. Qiziq joyi ularning bir-biridan ilk bora boʻsa olib, yalongʻoch holda bir-birlarini quchoqlab uxlashlarida emas. Qiziq joyi ularning bu hayotda yana qayta topishishlariga taqdirning sababchi qilib koʻrsatilishidir. Muallif bu qizni oldingi hayotida ham sevgani, biroq qiz badavlat oiladan boʻlgani va shunindek uni jodugarlikda ayblanib inkvizitsiya sudi qarshisida jazolanishi sabab hech qanday yordam bera olmay uning oʻlimga hukm qilinishini aynan shu qiz yordamida koʻra oladi.
Ertakka oʻxshaydi-a? Ha! Shu joylarini ertak oʻqigandek oʻqidim. Xotinni Braziliyaga tashlab kelgan Paulo akamiz qiz bilan uzoq sayohatda davom etadilar. Sayohat tugagach, hamma uy-uyiga tarqaladi. Qiz ham, muallif ham ajralib ketishdi. "Alkimyogar" singari oxirida nimadir topa olarmikinman deya sabot bilan oʻqidim. Yoʻq, hech narsa topmadim. Yashab turgan vaqtimizda ruhning boshqa joyga koʻchishiga ishonmaydigan, buni boshidan hech oʻtkanmagan isnon bunaqa choʻpchaklarga ishonishi qiyin boʻladi-da, albatta. Paulo akam "Alkimyogar"dagi shuhratni qayta olish uchun ruhiyat masalasi bilan bogʻliq mavzuga "teginib" koʻribdilar qabilidagi fikrga keldim.
"Besh" bahodan "uch" baho
Lekin mana shu joydan tarjimonning ishi haqida fikr bildirib oʻtmasam, nohaqlik boʻladi. "Besh" bahodan "besh" baho. Kim tarjima qilgan boʻlsa ham ming rahmat. Anchagina mehnat qilgani, ter toʻkkani koʻrinib turibdi. Agar men tanigan tarjimonmning ishi boʻlsa bu asar, "barakallar" deyman. Men tanimagan tarjimon boʻlsa ham, "barakalla" deyman.
Kim uchundir bu turdagi kitob yoqar. Lekin shaxsan men uchun emas. Lekin bir marta oʻqib chiqsa boʻladi. "Kichkina tabib" filmida Shuhrat aka Doniyorni dabdabali uyiga obkelib, "Hoʻsh, qalay" deb soʻrasa, "Hm, chidasa boʻladi", deydi-yu, ashnaqa.Oxirigacha oʻqiganingiz uchun rahmat.