Alkimyogar
Qayerda oʻqish mumkin
Bu sayt — mutolaa kundaligi
Bu yerda kitoblarni oʻqib yoki yuklab (PDF) boʻlmaydi. Oʻqiganlaringizni qayd eting, baholang va taqriz yozing. Batafsil
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Ushbu jahonga mashhur falsafiy-ramziy asar andalusiyalik choʻpon yigiti Santyagoning oʻz 'Oʻzlik afsonasi'ni (Personal Legend) topish yoʻlidagi sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Misr ehromlari sari qilingan safar davomida u nafaqat moddiy xazina qidiradi, balki dunyoning umumiy tili, sevgi va hayot sirlarini anglab yetadi. Paulo Koeloning ushbu romani insonni oʻz orzulari ortidan ergashishga, qoʻrquvni yengishga va har bir toʻsiqda bir hikmat borligiga ishonishga undaydi.
Kitob haqida
- Asl nomi
- O Alquimista
-
Tili
Asar yozilgan til
- Portugal
- Ilk nashr sanasi
- 1988
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
Hozircha taqrizlar yoʻq
Eng buyuk sevgilar — yonma-yon turganlar emas, balki qalbining eng chuqur yerida bir-birini asrab yashayotganlar o'rtasida bo'ladi
Agar sen birovni sevsang, butun koinot buni amalga oshirish uchun senga yordam beradi. Masofalar esa shunchaki sadoqatingizni sinovdan o'tkazuvchi vositadir.
Roʻyi zamindagi har bir odam, u nima bilan shugʻullanishidan qatʼiy nazar, dunyo tarixida eng asosiy vazifani bajaradi. Odatda, buni oʻzi ham bilmaydi.
...biz oʻz holimizdan yaxshiroq, mukammalroq boʻlishga harakat qilar ekanmiz, atrofimizdagi jamiki narsalar ham mukammallashadi, goʻzallashadi.
Anglashning faqat bitta yoʻli bor: harakat qilish.
Inson sevgani uchun sevadi — vassalom. Muhabbat izohlarni tan olmaydi.
Muhabbatning oʻz talabi bor — maʼshuqang qayerda boʻlsa, sen ham oʻsha yerda boʻlishing lozim.
Shamol qum barxanlari shakl-u shamoyilini ming koʻyga soladi, ammo sahro sahroligicha qolaveradi. Bizning muhabbatimiz ham sahro kabi oʻzgarmaydi.
“Hammaning dunyoni oʻrganadigan oʻz uslubi bor, — oʻyladi yigitcha. — Uniki menga, meniki unga toʻgʻri kelmaydi. Faqat shuning uchungina uni hurmat qilmasligim insofdan emas”.
Hammamiz oʻzimiz ega boʻlgan narsani — u ekinimiznimi yoki hayotimiznimi — yoʻqotib qoʻyishdan qoʻrqamiz. Ammo bizning taqdirimizni ham, olam tarixini ham azal daftariga bitta Qoʻl bitganini tushunsak, bu qoʻrquv yoʻqoladi.
Xudoning qahri qattiq, ammo Uning marhamati ham chek-chegarasiz.
— Gap shundaki, hali sen yuraging bilan gaplashib olishga ulgurmagansan. — Axir, men shamolga aylana olmayman-ku! — Kimki O‘z Taqdiri yo‘lidan borayotgan ekan, u hamma narsani biladi va uddalay oladi.