Mixail Bulgakov

Mixail Bulgakov

03.05.1891 10.03.1940

4.4 (20 ta baho)
Falsafa Fantastika Hikoya Klassika Komediya Qissa Roman Satira

Mixail Afanasevich Bulgakov (1891. 3(15). 5, Kiyev – 1940. 10. 3, Moskva) – rus yozuvchisi. Kiyev universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan (1916). Ilk toʻplami “Iblisnoma”da (1925) jamlangan hajviyoti oʻsha davr matbuotida katta shov-shuvga sabab boʻladi. “Oq gvardiya” (1925– 27) tugallanmagan romani mavzusi asosida “Durbinlar kuni” pyesasini yozadi (1926-yilda sahnalashtirilgan). Bu asarlarida “Qochish” (1926-28; 1957-yilda sahnalashtirilgan) pyesasidagi kabi eski rus ziyolilari kayfiyatidagi keskin oʻzgarish, “oqlar” harakati gʻoyasi, muhojirlik yoʻlining samarasizligi aks etgan. “Zoykaning uyi” (1926-yilda sahnalashtirilgan), “Baxmal orol” (1928-yilda sahnalashtirilgan) komediyalarida Bulgakov yangi iqtisodiy siyosat tarafdorlarining turmush va axloqini mazax qiladi, biqiq teatr muhitidagi urf-odatlar ustidan kuladi. 20-yillar oxirida rus adabiy tanqidi Bulgakov ijodini salbiy baholaydi, uning asarlari nashr etilmaydi, pyesalari teatr sahnalaridan olib tashlanadi. 30-yillar boshlaridan Bulgakov teatrda rejissyor yordamchisi boʻlib ishlaydi, Gogolning “Oʻlik jonlar” (1932) asarini sahnalashtiradi. “Janob de Moler hayoti” biografik povestida (1932–33-yillarda yozilib, 1962-yilda nashr etilgan) Bulgakov haqiqiy sanʼat bilan mustabid tuzum bir-biriga zidligini tasvirlaydi. 30-yillardan umrining oxirigacha Bulgakov “Usta va Margarita” romani ustida ishlaydi (1966– 67-yillarda nashr etilgan). “Ityurak” asari (1987) asosida kinofilm yaratilgan. “Usta va Margarita” Qodir Mirmuhamedov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1987).

Kitoblar (8)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Usta va Margarita
Usta va Margarita

1966

4.1 (17)
Ityurak
Ityurak

1925

4.0 (2)
Yosh vrach kundaligi
Yosh vrach kundaligi

1925

0.0 (0)
Iblisnoma
Iblisnoma

1924

0.0 (0)
Chichikovning sarguz... Mixail Bulgakov
Chichikovning sarguzashtlari

0.0 (0)
Zimziyo tun Mixail Bulgakov
Zimziyo tun

5.0 (1)
Ivan Vasilevich Mixail Bulgakov
Ivan Vasilevich

0.0 (0)
Xon alangasi Mixail Bulgakov
Xon alangasi

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help