Yosh vrach kundaligi
Qayerda oʻqish mumkin
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Shifokorda bilim va tajriba uygʻun boʻlsagina muvaffaqiyatga erisha oladi. Mixail Bulgakovning "Yosh vrach kundaligi" asarini mutolaa qilar ekansiz, shifokorda ana shu ikki omil bilan birga qatʼiyat, jasorat va oʻz vaqtida toʻgʻri qaror qabul qila olish koʻnikmasining shakllanishi birlamchi ahamiyat kasb etishiga amin boʻlasiz. Asarda XX asr boshida rus jamiyatidagi oddiy odamlar qiyofasi butun boʻy-basti bilan namoyon boʻladi: sodda, ishonuvchan, samimiy. Shuningdek, kamchiliklar ham roʻy-rost qalamga olingan. Koʻprik ostida koʻzi yorigan ayolni shifokor: "Farzandingni dunyoga keltirish uchun shu yerdan boshqa joy topa olmadingmi?" deb koyiganida, ayol: "Dard tutib turganida qaynotam ot-arava bermadi, vrachlik punkti unchalik uzoq emas, piyoda yetib ol", deb aytdi, deya javob beradi. Bu turmush tarzining yigirmanchi asrga xos koʻrinishlaridan biri edi. Muxtasar aytganda, fan-texnika va axborot texnologiyalari taraqqiyoti virtual va ayni damda soxtakor munosabatlarni avj oldirgan bugungi kunda samimiy munosabatlarga qurilgan ushbu asarni oʻqish kishiga oʻzgacha maroq va kayfiyat beradi!
Kitob haqida
- Asl nomi
- Записки юного врача
-
Tili
Asar yozilgan til
- Rus
- Ilk nashr sanasi
- 1925
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
Hozircha taqrizlar yoʻq
Hozircha iqtiboslar yoʻq