Fyodor Dostoyevskiy

Fyodor Dostoyevskiy

11.11.1821 09.02.1881

4.7 (56 ta baho)
Hikoya Roman

Rus yozuvchisi. Ijodiy faoliyati 1844-yilda boshlangan. Birinchi romani – “Bechora odamlar”da (1846) xoʻrlangan, ijtimoiy adolatsizlikka duchor boʻlgan “kichkina odamlar”ning qismati hikoya qilingan. “Qiyofadosh” (1846), “Oq tunlar” (1848) qissalari ham ijtimoiy mavzuda. N. Dobrolyubov, V. Belinskiy kabi demokrat ziyolilarning inqilobiy gʻoyalariga mahliyo boʻlib qolgan Dostoyevskiy 1847-yildan rus inqilobchisi va xayoliy sotsialisti M. V. Petrashevskiy toʻgaragiga faol qatnashib, xayoliy sotsializm gʻoyasini qoʻllab-quvvatlaydi. Mazkur toʻgarakda qatnashib, mavjud davlat tuzumini kuch ishlatib oʻzgartirishga harakat qilgani uchun Dostoyevskiy oʻlim jazosiga hukm qilinadi (1849). Nufuzli davlat va jamoat arboblarining aralashuvidan soʻng, podsho Aleksandr II oʻlim jazosini 4-yillik katorga surguni bilan almashtiradi. Yozuvchi Omsk katorga qamoqxonasida (1850–54) va Semipalatinskda intizomiy harbiy xizmatda boʻldi (1854–59). 1859-yildan Peterburgda Uzoq muddatli tutqunlik va surgun Dostoyevskiy ijodida oʻz ifodasini topadi, tushkunlik ustuvor mavzuga aylanadi. “Stepanchikov qishlogʻi va uning aholisi” (1859), “Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar” (1861), “Oʻlik xonadondan maktublar” (1861–62) asarlari jaholat botqogʻiga botib, insoniy qiyofasini yoʻqotgan ruslar hayotiga bagʻishlangan. Dostoyevskiy M. M. Dostoyevskiy (akasi) bilan hamkorlikda “Vremya” (1861–63), “Epoxa” (1864–65) jurnallarini nashr etadi. Bularda Rossiyadagi krepostnoylik tartibi, asilzoda (dvoryan)larning maʼnaviy-axloqiy tubanligi, mehnatkashlar shafqatsiz ekspluatatsiya qilinishini fosh etishdan tashqari, millatchilik, buyuk davlatchilik (shovinizm) gʻoyalari, xususan, chor Rossiyasi tomonidan Turkistonning zabt etilishi targʻib qilinadi. “Biz Yevropaga bostirib borsak, ular bizni varvarlar sifatida qarshi oladi, Osiyoda esa bizni madaniyatli millat kabi kutib olishadi”, deb, Kaufman, Skobelev singari harbiylar Turkistonni bosib olishga daʼvat etiladi.“Jinoyat va jazo” (1866), “Telba” (1868) romanlarida rus xalqining maʼnaviy muammolari badiiy boʻyoqlarda yaqqol aks ettirilgan. “Jinlar” (1871–72), “Oʻsmir” (1875) romanlarida esa rus “oqsuyaklari” tabaqasi, amaldorlari orasida maʼnaviy qashshoqlik, amalparastlik, ochkoʻzlik va xudbinlik kabi illatlar chuqur ildiz otgani koʻrsatilgan, ichki-milliy muammolarni boshqa bir xalq hisobiga hal etib boʻlmasligi eʼtirof etilgan. “Ogʻa-ini Karamazovlar” (1879–80) romanida jamiyat va shaxs oʻrtasidagi chuqur ziddiyat, ruhiy inqiroz va fojia oʻz ifodasini topgan. Dostoyevskiy ijodi, garchi ziddiyatli boʻlsa-da, rus va jahon adabiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan. Dostoyevskiy 19-asrdagi realistik roman janrini yangi oʻziga xos tomonlar bilan boyitdi. Adib toʻlaqonli badiiy obrazlarda nafaqat voqealar oqimini, insonlar taqdirini, qalb kurashini, balki jamiyat maʼnaviy hayotidagi fojiaviy konfliktlarni ham bera oldi. Oʻzining intellektual romanlarida fikrlarning keskin kurashini, gʻoya va dunyoqarashning fojiaviy toʻqnashuvini mahorat bilan tasvirladi. Dostoyevskiy romanlari vazmin tasvir uslubi emas, aksincha, sof dramatik janrlarga xos keskinligi va liro-publitsistik pafosi bilan ajraladi. Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo”, “Telba” va boshqa asarlari Ibrohim Gʻafurov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.Nabijon Boqiy

Kitoblar (9)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Kulgili odamning tushi
Kulgili odamning tushi

1877

5.0 (1)
Ma’suma
Ma’suma

1876

4.4 (7)
Telba
Telba

1868

4.8 (4)
Jinoyat va jazo
Jinoyat va jazo

1867

4.8 (33)
Qimorboz
Qimorboz

1866

5.0 (1)
O‘lik uydan maktublar
O‘lik uydan maktublar

1861

4.0 (1)
Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar
Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar

1861

5.0 (1)
Oydin tunlar
Oydin tunlar

1848

4.6 (5)
Kambag'allar
Kambag'allar

1846

5.0 (3)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.