Gʻafur Gʻulom

Gʻafur Gʻulom

Tavalludi
10-may 1903
Vafoti
10-iyul 1966
Drama Hajviya Hikoya Klassika Komediya Qissa Sarguzasht

Gʻafur Gʻulom 1903-yil 10-mayda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston xalq shoiri (1963). Toshkent shahrida Koʻrgʻontegi mahallasidagi eski maktab va madrasada, rus-tuzem (1916) va «Hayot» maktablarida (1918) tahsil olgan. «Dinamo», «Yigit», «Egalari egallaganda», «Xitoydan lavhalar» (1931), «Tirik qoʻshiqlar» (1932), «Koʻkan» (1934), «Sizga» (1935), «Chashma» (1939), «Yangi sheʼrlar», «Sheʼrlar» (1946), «Oʻzbek elining gʻururi» (1949), «Sharaf qoʻlyozmasi» (1950), «Tanlangan asarlar» (1956–59, 4 jildli) sheʼriy toʻplam va dostonlari, «Joʻraboʻza» hikoyalar toʻplami, «Muxbir sudi» (1929) pesasi hamda «Netay» (1932), «Tirilgan murda» (1935), «Yodgor», «Shum bola» (1938) kabi qissalar muallifi. Asarlari asosida teatr spektakllari va kinofilmlar yaratilgan («Shum bola» va boshqa). «Otello», «Qirol Lir» tsingari jahon va rus adabiyoti durdonalarini oʻzbek tiliga tarjima kilgan. 1966-yil 10-iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan soʻng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

Kitoblar (7)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Mening oʻgʻrigina bolam
Mening oʻgʻrigina bolam

1965

3.9 (13)
Shum bola
Shum bola

1936

4.6 (9)
Netay Gʻafur Gʻulom
Netay

0.0 (0)
Muxbir sudi Gʻafur Gʻulom
Muxbir sudi

0.0 (0)
Koʻngilsizning «qili... Gʻafur Gʻulom
Koʻngilsizning «qiligʻi»

5.0 (1)
Yodgor Gʻafur Gʻulom
Yodgor

0.0 (0)
Qayda baxt Gʻafur Gʻulom
Qayda baxt

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.