Abdulla Qodiriy

Abdulla Qodiriy

Tavalludi
10-aprel 1894
Vafoti
4-oktabr 1938
Drama Hikoya Jadid adabiyoti Qissa Realizm Roman Tragediya

Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrida tugʻilgan. XX asr yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek romanchiligining asoschisi. 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Musulmon maktabida (1904–06), rus-tuzem maktabida (1908-12), Abulqosim shayx madrasasida (1916–17) taʼlim olgan; Moskvadagi adabiyot kursida (1925–26) oʻqigan. Eski shahar oziqa qoʻmitasining sarkotibi (1918), «Oziq ishlari» gazetasining muharriri (1919), Kasabalar shoʻrosining sarkotibi (1920), «Mushtum» jurnali tashkilotchilaridan va tahrir hayʼati aʼzosi (1923–26). «Toʻy», «Ahvolimiz», «Millatimga», «Fikr aylagil» kabi sheʼrlari, «Baxtsiz kuyov» dramasi, «Juvonboz» hikoyasi yozuvchining dastlabki asarlaridir (1914-15). «Uloqda» hikoyasi (1916), «Kalvak Maxzumning xotira daftaridan», «Toshpoʻlat tajang nima deydir?» (1920) kabi satirik hikoyalar muallifi.«Oʻtgan kunlar» (1924-26), «Mehrobdan chayon» (1929) romanlari, «Obid ketmon» (1934) qissasi yozuvchining ulkan mahoratini oʻzida mujassam etgan. Abdulla Shunosiyning «Fizika» (1928), N. V. Gogolning «Uylanish» (1935), A. P. Chexovning «Olchazor» (1936) asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Abdulla Qodiriy 1926-yilda «Mushtum»da bosilgan «Yigʻindi gaplar» maqolasi tufayli qisqa muddat qamalgan. 1937-yilning 31-dekabrida esa «xalq dushmani» sifatida ikkinchi bor qamoqqa olinib, 1938-yil 4-oktyabrda Toshkent shahrida otib tashlangan. Uning asarlari 1956-yildan boshlab oqlangan. Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati (1991), «Mustaqillik» ordeni bilai mukofotlangan (1994).

Kitoblar (9)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Obid ketmon
Obid ketmon

1934

5.0 (1)
Mehrobdan chayon
Mehrobdan chayon

1929

4.8 (20)
Oʻtkan kunlar
Oʻtkan kunlar

1926

4.4 (81)
Uloqda Abdulla Qodiriy
Uloqda

1916

4.1 (10)
Baxtsiz kuyov
Baxtsiz kuyov

1915

4.5 (2)
Tinch ish Abdulla Qodiriy
Tinch ish

3.6 (5)
Quyosh bilan ham kur... Abdulla Qodiriy
Quyosh bilan ham kurashaman

5.0 (1)
Jinlar bazmi
Jinlar bazmi

3.9 (8)
Diyori bakr
Diyori bakr

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.