Jek London

Jek London

12.01.1876 22.11.1916

4.3 (46 ta baho)
Esse Hikoya Roman Sarguzasht-fantastik qissa

Amerika yozuvchisi. Yoshligida juda koʻp kasblar bilan shugʻullangan. 1893-yilda ilk bor u Yaponiya sohillariga dengiz safariga oddiy matros boʻlib borgan. 1894-yilda ishsizlarning Vashingtonga koʻchishida qatnashgan, daydilarcha hayot tarzi uchun qamoqqa olingan, siyosiy harakatlarga qoʻshilgan. 1895-yilda AQSh ishchi partiyasi, 1901-yil Sotsialistik partiyaga aʼzo boʻlgan. Keyinroq Kaliforniya universitetiga oʻqishga kiradi va koʻp oʻtmay oʻqishni tashlab ketadi. Adabiy faoliyati 1893 y. dan boshlangan. Yozuvchining koʻpgina hikoya toʻplamlari, qator qissa va romanlari shimol mavzusida yozilgan (“Boʻri bolasi”, 1900; “Izgʻirin bolalari”, 1902 va b.). “Qor qizi” (1902), “Hayot uchquni” (1907), “Shimoliy Odisseya” (1910), “Insonga ishonch” (1914), “Qadim dengizchilardek” (1917), “Chandiqli odam” (1900), “Oltin dara” (1905) va b. sarguzasht asarlar muallifi. “Olis oʻlkada” (1899), “Ayol mardligi” (1900), “Gulxan yoqish” (1910), “Qish haqida qissa” (1904) asarlarida tabiat bilan uygʻunlashib ketgan mehnatsevar indeyslarning oʻziga xos hayotini tasvirlagan. “Yovvoyi kuch” (1905), “Oqsoʻyloqtish” (1906) asarlari hayvonot olami haqida.“Dengiz boʻrisi” (1904) “Martin Iden” (1909), “Uch qalb” (1920) romanlari mashhur. Londonning ijodida G. Spenser, F. Nitshe falsafiy taʼlimotlarining taʼsiri seziladi. “Martin Iden” roman-biografiyasida bosh qahramonning paymonasi toʻlgan chogʻda ham “yashashga ishtiyoqi”ni aks ettirgan. Uning individualizm taʼsirida yozilgan mazkur romanida gʻarbcha “barkamol inson”, yaʼni “supermen” nazariyasi ham ilgari surilgan. London 16-yillik ijodiy faoliyati mobaynida 19 roman, 18 toʻplam (152 hikoya), 3 pyesa, 8 avtobiografik va publitsistik xarakterdagi kitob yaratgan.“Hayotga muhabbat” (1961), “Qish haqida” (1962), “Martin Iden” (1968) va b. asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Kitoblar (13)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Uch qalb

1918

5.0 (1)
Martin Iden

1909

4.4 (26)
Oq so'yloq

1906

4.0 (5)
Men anglagan hayot

1905

0.0 (0)
Hayot qonuni
Hayot qonuni

4.5 (2)
Men anglagan hayot
Men anglagan hayot

4.0 (1)
Oq sukunat
Oq sukunat

0.0 (0)
Tun farzandi
Tun farzandi

3.0 (1)
Bir kunlik qo‘nalg‘a
Bir kunlik qo‘nalg‘a

0.0 (0)
Hayotga muhabbat
Hayotga muhabbat

4.8 (9)
Bo‘ri o‘g‘li
Bo‘ri o‘g‘li

0.0 (0)
Intiho
Intiho

0.0 (0)
Ko‘rgan-kechirganlarim
Ko‘rgan-kechirganlarim

5.0 (1)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.