Jyul Vern

Jyul Vern

Tavalludi
8-fevral 1828
Vafoti
24-mart 1905
Oʻsmirlar adabiyoti Roman Sarguzasht Yoshlar adabiyoti

Jyul Vern (1828. 8. 2, Nant – 1905. 24. 3, Amen) – frantsuz yozuvchisi. Ilmiy-fantastik roman janri asoschilaridan biri. Ijodini 1849-yildan kichik pesalar yozish bilan boshlagan. 1863-yil birinchi romani – “Havo sharida besh hafta” nashr qilingan. Vern “Er markaziga sayohat” (1864), “Erdan Oyga” (1865), “Oy atrofida” (1869), “Kapitan Grant bolalari” (1867-68), “Suv ostida 20000 kilometr” (1869– 70), “Oʻn besh yoshli kapitan” (1878), “Suzib yuruvchi orol” (1895) kabi 65 dan ziyod ilmiy-fantastik, sarguzasht va ijtimoiy-tanqidiy roman, qissa va hikoyalar muallifi. Oʻrta Osiyoda hech qachon boʻlmagan Vern “Klodius Bombarnak” romanida uning tarixini, geografik oʻrni va iqlimini, mahalliy xalqlarning urf-odatlarini haqiqatga yaqin qilib tasvirlaydi. Asar qahramoni tilidan Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlari tasviriga toʻxtaladi, Buxoroni “Turkiston Rimi” deya taʼriflaydi, Samarqandning tarixiy obidalarini, koʻcha va mahallalarini, bogʻ-u rogʻlarini, odamlarini tavsiflaydi. Vernning “Sirli orol” (1941), “Kapitan Grant bolalari” (1957), “Antifer togʻaning ajoyib va gʻaroyib sarguzashtlari” (1969), “Suv ostida 20000 kilometr” (1973) va boshqa asarlari oʻzbek tilida nashr qilingan. Vernning asarlari asosida (masalan, “Oʻn besh yoshli kapitan”, “Kapitan Grant bolalari” va b.) kinofilmlar yaratilgan, ular oʻzbek tiliga dublyaj qilingan. Oyning orqa tomonidagi bir krater Vern nomi bilan atalgan.

Kitoblar (6)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Oʻn besh yoshli kapitan
Oʻn besh yoshli kapitan

1878

4.5 (2)
15 yoshli kapitan
15 yoshli kapitan

1878

0.0 (0)
Kapitan Grant bolalari
Kapitan Grant bolalari

1867

5.0 (1)
Antifer togʻaning sa... Jyul Vern
Antifer togʻaning sarguzashtlari

0.0 (0)
Jannatning bir boʻla... Jyul Vern
Jannatning bir boʻlagi

2.0 (1)
Suv ostida 80000 km
Suv ostida 80000 km

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.