Suv ostida 80000 km
Qayerda oʻqish mumkin
Bu sayt — mutolaa kundaligi
Bu yerda kitoblarni oʻqib yoki yuklab (PDF) boʻlmaydi. Oʻqiganlaringizni qayd eting, baholang va taqriz yozing. Batafsil
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
XIX asrning ikkinchi yarmida dengiz va okeanlarda toʻsatdan paydo boʻlgan suv jonivori omma eʼtiboriga tushadi. U suzish tezligi va bahaybatligi bilan kitni ham ortda qoldirar edi. Ulkan suv maxluqi haqidagi gazeta sahifalarida tinimsiz yoritib borilayotgan turli taxminlar olimlarning qiziqishini uygʻotadi va maxsus ekspeditsiya uyushtirib, uning iziga tushadilar. Bu suv jonivori bilan yaqindan tanishish faqatgina professor Aronaks, uning xizmatkori Konsel va garpunchi Ned Lendga nasib etadi. Ular hamma ulkan jonivor deb atagan kema bortiga tushib qoldilar hamda kapitan Nemoning suv osti kemasida butun dunyo boʻylab ham xatarli, ham gʻaroyib sarguzashtlarni boshdan kechiradilar. Asar qahramonlari bilan birga boʻlgan qitʼalararo suv ostida gʻoyibona sayohat, shubhasiz, oʻquvchining olam, tabiat, jonivorlar haqidagi tasavvurlarini boyitadi.
Kitob haqida
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
Hozircha taqrizlar yoʻq
Hozircha iqtiboslar yoʻq