Ochlik
Qayerda oʻqish mumkin
Bu sayt — mutolaa kundaligi
Bu yerda kitoblarni oʻqib yoki yuklab (PDF) boʻlmaydi. Oʻqiganlaringizni qayd eting, baholang va taqriz yozing.
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Knut Hamsunning ushbu romani jahon adabiyotida modernizm oqimiga asos solgan eng muhim asarlardan biri hisoblanadi. Unda Kristianiya (hozirgi Oslo) koʻchalarida och-nahor sargardon boʻlib yurgan, ammo oʻz gʻururini va ijodkorlik shaxsiyatini saqlashga urinayotgan yosh yozuvchining ruhiy iztiroblari tasvirlangan. Muallif tashqi voqelikdan koʻra qahramonning ichki dunyosi, ochlik taʼsirida oʻzgarib borayotgan ongi va insoniy qadr-qimmati uchun kurashini birinchi oʻringa olib chiqqan. Nobel mukofoti sovrindori boʻlgan Hamsunning ushbu shoh asari inson irodasining naqadar cheksiz va shu bilan birga naqadar moʻrt ekanligini fosh etadi.
Kitob haqida
- Asl nomi
- Sult
-
Tili
Asar yozilgan til
- Norveg
- Ilk nashr sanasi
- 1890
- Oʻzbek tilida nashr etilgan sana
- 2025
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
Har bir inson albatta bir marta o'qib chiqishi kerak bo'lgan asar. Bu asarni o'qir ekansiz bu insonni taqdiri sizda ham bo'lib qolishi mumkinligini his etasiz.
#MenOʻqiganKitob
Knut Hamsun. Ochlik (1890)
📓 Goodreads: 4.04/5
⭐️ Shaxsiy ball: 7/10
📖 "Carpe Diem" klubi bilan navbatdagi mutolaamiz shu asar bo'ldi.
🎖 Asar muallifi 1920-yil Nobel mukofotiga loyiq ko'rilgan.
Kitob XIX asr so'nggidagi Kristiana (hozirgi Oslo)da bo'lib o'tgan voqealarni tasvirlaydi.
Asarning boshidan oxirigacha ochlikdan sillasi qurib yashashga majbur bo'lgan, uxlash uchun ham yotoqni arang topadigan bosh qahramonning jismoniy hamda ruxiy zo'riqishlari tasvirlari bilan boyitilgan.
Asar bosh qahramoni chizgilari Hamsun (1859-1952)dan biroz oldinroq yashagan Dostoyevkiy (1821-1881)ning "Jinoyat va jazo" asaridagi Roskolnikov obrazidan ilhomlangan deyiladi.
Asar o'z davri uchun ajoyib mehnat mahsuli hisoblangan bo'lishi mumkin, lekin hozir uchun emas. Chunki hech birimiz asarda ko'rsatilgan ochlik darajasini boshimizdan o'tkazmaganmiz. Shuning uchun kitobni his qilish masalasi biz uchun qiyinroq.
Jahon adabiyotidan boshqa kitoblarga kichik taqrizlar (https://t.me/BahodirMahmud/1413)
👁 @BahodirMahmud
Zoʻr
zor
Hozircha iqtiboslar yoʻq