Viktor Gyugo

Viktor Gyugo

26.02.1802 22.05.1885

4.5 (24 ta baho)
Fantastik roman Hikoya Qissa Roman

Viktor Mari Gyugo (Victor Marie Hugo, 1802. 26. 2, Bezanson – 1885. 22. 5, Parij) – frantsuz adibi, romantizmning yirik namoyandasi. Dastlabki asari – “Qasidalar” (1821) sheʼrlar toʻplami monarxiya gʻoyalari taʼsirida boʻlib, 20-yillarning 2-yarmidan demokratik qarashlari mustahkamlana borgan.
Isyonkorlik ruhi bilan sugʻorilgan “Kromvel” (1827), “Sharq motivlari” (1829), “Marion Delorm” (1829), “Ernani” (1830), “Ryui Blaz” (1838) va boshqa sheʼriy va dramatik asarlarida davrning dolzarb masalalari aks etgan. “Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi” (1831) tarixiy romani voqealari oʻrta asrda boʻlib oʻtadi, asarda muhabbat fojiasi tasvirlanadi. 1848-yildagi inqilobni olqishlagan.
Lui Bonapartning davlat toʻntarishini (1851) qoralagan. Shundan soʻng 18-yil surgunda boʻlib, qator romanlar yozgan. “Pakana Napoleon” (1852), “Xoʻrlanganlar” (1862), “Dengiz zahmatkashlari” (1866), “Kulib turuvchi kishi” (1869), “Bir jinoyat tarixi” (1877–78) romanlarini yozib, ularda oddiy fransuzlarning ogʻir hayoti va kurashini tasvirlaydi.
Gyugo romanlaridagi buyuk va olijanob insonlar turmushdagi pastkashliklar va illatlarga qarshi kurashishadi. “Dahshatli yil” (1872) sheʼrlar toʻplami fransuz-pruss urushi va Parij Kommunasi (1871) voqealariga bagʻishlangan. Soʻnggi “93-yil” romani (1874)da inqilobga xayrixohlik bilan qaragan.
“Dengiz zahmatkashlari” (1938, 1965), “Xoʻrlanganlar”ning “Kozeta” va “Gavrosh” boʻlimlari (1952, 1955), “Byug Jargal” (1982) Q. Mirmuhamedov, Nurbek, E. Obidov tarjimasida oʻzbek tilida nashr qilingan, “Kulib turuvchi kishi” Navoiy teatrida sahnalashtirilgan (1966).

Kitoblar (4)

Natija topilmadi
Kitob Reyting
Kulayotgan odam

1869

4.5 (24)
Klod Gyo

1834

0.0 (0)
Byug Jargal
Byug Jargal

0.0 (0)
“Qo‘rquv”
“Qo‘rquv”

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho'ng'ing

yoki email orqali

Hisobingiz yo'qmi?

Avval Telegram orqali kirgan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — hisobingizni tiklashda yordam beramiz.