O‘n besh yoshli kapitan
Qayerda oʻqish mumkin
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Jyul Vernning ushbu sarguzasht asari jasorat, mas’uliyat va qat’iyatning yuksak namunasidir. Kema sardori va tajribali dengizchilar halok bo‘lgach, 15 yoshli yosh matros Dik Send kema va yo‘lovchilar taqdiri uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Asar qahramonlarining xoinlik, qul savdogarlari va Afrika changalzorlaridagi xavf-hatarlarga qarshi kurashi o‘quvchini hayajonda ushlab turadi. Bu asar yoshlik chog‘idanoq irodani toblash va har qanday qiyinchilikda insoniylikni saqlab qolish haqida hikoya qiladi.
Kitob haqida
- Asl nomi
- Un capitaine de quinze ans
-
Tili
Asar yozilgan til
- Fransuz
- Ilk nashr sanasi
- 1878
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
#MenOʻqiganKitob
Aytish kerakki, asar faqatgina bolalar uchun emas. Uni kattalar ham bemalol o'qisa bo'ladi.
Maktabimiz o'quvchilari bilan birgalikda tanlab o'qigan asarimiz Jyul Vernning "O'n besh yoshli kapitan" asari bo'ldi. Uni bolalar bilan birgalikda muhokama qilish uchun o'zim ham o'qib chiqdim.
Asar 1878-yil, fransuz tilida 'Un capitaine de quinze ans' nomi ostida ilk bor chop etildi. Asarning asosiy mavzusi o'sha paytlar ildiz otgan eng yirik muammolardan biri - qullikni qoralash edi. Yozuvchi shuningdek, o'smirlikdagi mardlik va jasurlik, entomologiya sohalariga ham yuzlanadi.
Asar voqealari Dik Send ismli, 15 yoshga to'lgan "Pilgrim" kit ovlovchi kemasida ishlovchi o'smir yigit atrofida quriladi. Asarni o'qir ekansiz bir-biriga zid keluvchi turfa-xil qarama-qarshiliklarga guvoh bo'lasiz.
O'quvchi sifatida bir jarayonga tan berdim: Jyul Vern umumiy bilimlari yuqori bo'lgan yozuvchi ekan. Asarda badiiylikdan tashqari boshqa sohalardagi turfa xil qiziqarli faktlarga ham guvoh bo'lasiz, yangi ilm o'rganasiz. Bunday darajada bo'lish uchun, shubhasiz, yozuvchidan katta mehnat va izlanish talab qiladi.
❔ Asarni kimlar o'qishi kerak?
Barcha ota-onalar o'n yoshdan yuqori farzandlari bilan birgalikda mutolaa qilishsa juda yaxshi ish bo'ladi.
⭐️ Asar uchun reyting: 8/10
📚 Boshqa asarlar uchun taqrizlar (https://t.me/BahodirMahmud/304)
✅ @BahodirMahmud
Hozircha iqtiboslar yoʻq