Ulugʻbek xazinasi
Qayerda oʻqish mumkin
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Odil Yoqubovning ushbu shoh asari buyuk munajjim va davlat arbobi Mirzo Ulugʻbek hayotining soʻnggi yillari, uning fojiali taqdiri hamda ilm-fan va jaholat oʻrtasidagi ayovsiz kurashga bagʻishlangan. Romanda Ulugʻbekning oʻz oʻgʻli Abdullatif bilan boʻlgan ziddiyati, uning dunyoga mashhur rasadxonasi va bebaho kutubxonasi — asar nomidagi 'xazina'ni saqlab qolish yoʻlidagi urinishlari yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlangan. Muallif tarixiy haqiqatga tayangan holda, oʻsha davrning murakkab ijtimoiy-siyosiy manzarasini, insoniy xiyonat va sadoqat tuygʻularini chuqur psixologik tahlil qilib bergan.
Kitob haqida
-
Tili
Asar yozilgan til
- Oʻzbek
- Ilk nashr sanasi
- 1973
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
#MenOʻqiganKitob
Odil Yoqubov. "Ulug'bek xazinasi" (1973)
⭐️ Shaxsiy ball: 9/10
Ajoyib asar. 🔥
Mirzo Ulug'bekning mash'um taqdiri, uning tomonidan qoldirilgan ulkan xazinaning shogirdlari tomonidan yashirilishi, padarkush Abdulatifning hukmronlikdagi keyingi olti oylik davri voqealari g'oyat chiroyli badiiy uslub bilan ochib berilgan.
Asarda shuningdek, ota va o'g'il, ustoz-shogird, do'st-u birodar, sevishganlar munosabatlari o'qishli bo'lgan dialog va monologlar bilan ko'rsatib berilgan.
🎬 Agar qalami o'tkirroq ssenarist topilsa, yaxshigina moliyaviy mablag' ajratilsa, ushbu kitob asosida turklarning tarixiy seriallari kabi sevimli, tomoshabinni ekran qarshisiga mixlab qo'ya oladigan ish qilish mumkin.
🇺🇿 O'zbek adabiyotidan boshqa o'qigan asarlarim (https://t.me/BahodirMahmud/304)
👁 @BahodirMahmud
Hozircha iqtiboslar yoʻq