Ibn Xaldun Abduraxman Abu Zayd Ibn Muhammad

Ibn Xaldun Abduraxman Abu Zayd Ibn Muhammad

Tavalludi
27-may 1332
Vafoti
17-mart 1406
Falsafa Ilmiy Tarixiy

Ibn Xaldun Abduraxman Abu Zayd Ibn Muhammad – arab tarixchisi va faylasufi. Ibn Rushdning izdoshi. 1349–1375-yillarda Tunis, Fes, Gʻarnota, Bujjoya (Jazoirda) hukmdorlari saroyida yuqori lavozimlarda ishlagan. 1382-yil Misrga kelib, mudarrislik qilgan, umrining oxirida molikiylar mazhabi qozisi boʻlgan. Ibn Xaldun Damashq shahrining Amir Temurga topshirilishi shartlari haqida muzokara olib borgan delegatsiya tarkibiga kirgan edi. Shu tariqa Ibn Xaldun Amir Temur bilan shaxsan suhbatlashishga musharraf boʻlgan. Ibn Xaldunning dalolat berishicha, Amir Temur undan Magʻrib mamlakatlari, uning manzillari va shaharlarini batafsil bayon qilib berishni soʻragan. Ibn Xaldun Amir Temur tashqi siyosiy faoliyatiga salbiy nazar bilan qarashidan qatʼi nazar, sohibqiron shaxsiga munosib baho bergan. 

Kitoblar (1)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Muqaddima
Muqaddima

1377

4.7 (85)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Telegram Help