Diyonat
Qayerda oʻqish mumkin
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Odil Yoqubovning ushbu romani oʻzbek adabiyotidagi eng oʻtkir ijtimoiy-psixologik asarlardan biri hisoblanadi. Unda halollik, vijdon va insoniy qadr-qimmat tushunchalari — yaʼni 'diyonat' masalasi markaziy oʻringa qoʻyilgan. Asar qahramonlari Omonov va Normurodovlar timsolida jamiyatdagi poklik va tubanlik, sadoqat va xiyonat oʻrtasidagi murosasiz kurash tasvirlangan. Roman orqali muallif nafaqat qishloq hayoti va rahbarlik masʼuliyatini, balki har bir inson oʻz vijdoni oldida qanchalik javobgar ekanligini teran falsafiy tahlil qiladi.
Kitob haqida
- Asl nomi
- Diyonat
-
Tili
Asar yozilgan til
- Oʻzbek
- Ilk nashr sanasi
- 1978
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
#MenOʻqiganKitob
📚 Odil Yoqubov. "Diyonat"
"Carpe Diem" kitobxonlik klubi bilan biz bir emas, ikki emas, naq o'nta kitobni birgalikda mutolaa qildik! 💪
10-kitobimiz Odil Yoqubovning "Diyonat" romani bo'ldi.
Kitob tog'a (Normurod Shomurodov) va jiyan (Otaqo'zi Umarov) obrazlari orasidagi munosabat asnosida qurilgan.
Shomurodov yillar davomida halol yashashga harakat qilgan, kitobsevar, ilmsevar, adolat bobida o'z shaxsiy tamoyillariga ega shaxs. Oqni oq deydi, qorani qora. Qarindoshm do'st-og'ayni degan gaplarni bilmaydi. Balki shu sabab yonida kampiri Gulsara ayadan boshqa yaqini yo'q. Yagona o'g'li Jabbordan esa urush sabab ayrilgan. Yuragida farzand dog'i bor inson.
Otaqo'zi esa tog'asidan farqli o'laroq, ushlagan joyini uzadigan, hamma narsaga erisha olaman deb o'yladigan insonlardan biri. Talabalik yillarida tog'asi Shomurodov domlanikida katta bo'lgan, ularning o'g'illari o'rniga o'g'il bo'lgan, keyinchalik uylanib, bola-chaqali bo'lib, hamma ota singari farzandlari kelajagi uchun borini berib harakat qiladigan obraz. Rahbarlik sifatida o'ziga berilgan loyihalarni do'ndirib bajarib, barcha yuqoridagilarning sevimli "motor"iga aylangan rahbarlardan biri.
Qolgan qahramonlar esa mana shu yuqoridagi ikki qahramon atrofidagi insonlar. Asar o'sha paytdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni ifodalaydi. Ilm va ilmsizlik, mehnat va dangasalik, oriyat va sharafisizlik, mardlik va nomardlik jarayonlari turfa xil obrazlar orqali ochib berishga harakat qilinadi.
⭐️ Asar uchun reyting: 6/10
📚 Boshqa asarlar uchun taqrizlar (https://t.me/BahodirMahmud/304)
✅ @BahodirMahmud
Hozircha iqtiboslar yoʻq