Odam bo‘lish qiyin
Qayerda oʻqish mumkin
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
O‘lmas Umarbekovning "Odam bo‘lish qiyin" romanida hayot, hayotning haqiqatga to‘la nafasi ufurib turadi. Asar tilining soddaligi, voqealarining jonliligi etiborga loyiq. O‘tgan asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek nasri rivojida O‘lmas Umarbekovning o‘ziga xos o‘rni bor. Uning "Odam bo‘lish qiyin" romani yoshlar hayoti, maʼnaviy-axloqiy muammolar, insonlarning murakkab munosabatlari haqida yaratilgan va bugungi kunda ham ko‘p o‘qiladigan asarlar sirasiga kiradi.
Kitob haqida
-
Tili
Asar yozilgan til
- Oʻzbek
- Ilk nashr sanasi
- 1970
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
#MenOʻqiganKitob
📖 O'lmas Umarbekov. "Odam bo'lish qiyin" (1969)
Oldinroq O'lmas Umarbekovning "Fotima va Zuhra" hamda "Yoz yomg'iri" asarlarini o'qigan edim. Chortoqdagi "𝗔𝗱 𝗠𝗲𝗹𝗶𝗼𝗿𝗮"🔮 (https://t.me/Ad_Meliora_ladies)kitobxon qizlarimiz jamoasi mutolaa va muhokama uchun shu kitobni tanlashgani uchun men ham qiziqib o'qib chiqdim.
Juda zo'r tanlov. Barcha, ayniqsa balog'at yoshidagi har bir qiz o'qishi shart bo'lgan kitob ekan!
Asar haqida:
Aslida bu yerda asarni maqtab bir dunyo gap yozishim mumkin edi. Lekin bu safargi taqrizni noodatiyroq yozaman:
❗️ Hurmatli qizlar! O'z orzularingiz, go'zalligingiz va qalbingiz iffatini aldoqchi, va'dasida turmaydigan quyoshning taftiga qarab erib ketaveradigan yigitlar yo'lida qurbon qilmang!
⭐️ Asar uchun shaxsiy reyting: 8/10
P.S.: Asarni qiz o'stirayotgan onalarimiz qizlari bilan birgalikda o'qishsa, qolganlarga ham targ'ib qilishsa juda a'lo ish bo'lardi.
📚 Men oʻqigan boshqa kitoblarga taqrizlar (https://t.me/BahodirMahmud/304)
✅ @BahodirMahmud
Hozircha iqtiboslar yoʻq