Fotima va Zuhra
16+Qayerda oʻqish mumkin
Bu sayt — mutolaa kundaligi
Bu yerda kitoblarni oʻqib yoki yuklab (PDF) boʻlmaydi. Oʻqiganlaringizni qayd eting, baholang va taqriz yozing. Batafsil
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Oʻlmas Umarbekovning ushbu dramatik asari egizak opa-singillar — Fotima va Zuhraning ayanchli qismati haqida hikoya qiladi. Asarda adolat va nohaqlik, oila shaʼni va jinoyat olamining shafqatsiz qonunlari oʻrtasidagi toʻqnashuvlar tasvirlangan. Zuhraning fojiali oʻlimidan soʻng, Fotimaning qasos yoʻliga kirishi va haqiqatni qaror toptirish yoʻlidagi kurashi asarning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu asar oʻzbek kitobxonlari orasida chuqur ijtimoiy-psixologik drama sifatida juda mashhur.
Kitob haqida
-
Tili
Asar yozilgan til
- Oʻzbek
- Ilk nashr sanasi
- 1994
- Yosh chegarasi
- 16+
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
#MenOʻqiganKitob
O'lmas Umarbekov. Fotima va Zuhra (1994)
⭐️ Shaxsiy ball: 7.5/10
O'zbek detektiv janrining ustalaridan biri O'lmas Umarbekovning shoh asarlaridan biri. Asar yangi mustaqillikka erishgan O'zbekiston davrida asta-sekinlik bilan avj olishni boshlagan, alohida ildiz otayortgan mafiya, qoradorifurushlik, korrupsiya , qimor kabi illatlarning jamiyat uchun aks ta'siri va ularning qanchalik zaharli ekanini tasvirlaydi.
Endigina maktabni bitirgan egizaklardan biri Fotimaning nogahon badnom qilinishi butun oilaning daraxtining shohlari navbatma-navbat sinishiga sabab bo'ladi.
O'sha paytlardagi oddiy bir jamoa xo'jaligi raisining bitmas-tuganmas kuchga ega bo'lishi, xatto militsiyaning eng yuqori bo'g'inlarining o'z qo'lida o'ynatishi sizni hayron qoldirishi aniq. Asar bu jihati bilan Said Ahmadning "Jimjitlik" romani voqealarini tasvirlaydi.
🎬 Aytgancha, kitob aynan shu asar asosida rejissor Bahrom Yoqubov tomonidan 2005-yilda ishlangan filmdan ancha farq qiladi. Film darajasi pastroq )
O'zingizga yengil o'qiladigan, o'tkir syujetli detektiv-roman qidirayotgan bo'lsangiz bu kitob siz uchun.
📖 Romanni "Mutolaa" ilovasida bepul o'qishingiz (tinglashingiz) mumkin:
🔗https://mutolaa.com/uz/book/fotima-va-zuhra
🇺🇿 O'zbek adabiyotidan boshqa o'qigan asarlarim (https://t.me/BahodirMahmud/304)
👁 @BahodirMahmud
Hozircha iqtiboslar yoʻq