Mushuklar dunyodan gʻoyib boʻlsa
Qayerda oʻqish mumkin
Bu sayt — mutolaa kundaligi
Bu yerda kitoblarni oʻqib yoki yuklab (PDF) boʻlmaydi. Oʻqiganlaringizni qayd eting, baholang va taqriz yozing.
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Oʻlim yoqasida turgan yosh pochta xodimi va Iblis oʻrtasidagi gʻayritabiiy bitim haqidagi hikoya. Har bir qoʻshimcha yashash kuni evaziga dunyodan biron bir narsa (telefonlar, soatlar va nihoyat mushuklar) butunlay gʻoyib boʻlishi kerak. Asar insonni hayotning mazmuni va bizni bogʻlab turuvchi rishtalar haqida oʻylashga majbur qiladi.
Kitob haqida
- Asl nomi
- 世界から猫が消えたなら (Sekai kara Neko ga Kieta nara)
-
Tili
Asar yozilgan til
- Yapon
- Ilk nashr sanasi
- 2012
Statistika
Baholar taqsimoti
Oʻxshash kitoblar
#MenOʻqiganKitob
Genki Kavamura. Mushuklar dunyodan g'oyib bo'lsa
⭐️ Shaxsiy ball: 7/10 📓 Goodreads: 3.79/5
Tasavvur qiling, qisqa umringiz qoldi. Siz kutganingizdan ham qisqa. Bunga sabab miyangizdagi o'simta. Va shunda birdan qarshingizda sizning ko'rinishingizda iblis paydo bo'ldi va sizga taklif beryapti. Kuniga yer yuzidan ma'lum bir narsani yo'qotish evaziga sizning umringiz bir kunga uzayishi mumkin. Masalan, butun dunyodagi soatlar va vaqt tushunchasidan voz kechib yana qo'shimcha bir kun yashashingiz mumkin.
Hayolingizda dunyoda yo'q qilib yuborish mumkin bo'lgan bir necha buyumlar va tushunchalar ro'yxatini shakllantirgandirsiz. Asarning bosh qahramonida ham deyarli shunga o'xshash vaziyat bo'ladi. Shartning ilk kunlarida Aloha (iblis) taklif qilgan narsalardan ikkilanishsiz kecha olgna bosh qahramon, keyinchalik har bir buyum va tushuncha bilan bog'liq xotiralar sababli asta-sekin o'ziga-o'zi savol berishni boshlaydi. Va yakunda...
Asar mazmunan Gyotening "Faust" asariga o'xshab ketadi. Ikkisida ham iblis bilan muzokaralar markazda turadi. Asarni o'qib oddiy bir buyumning ham hayotimizdagi o'rni qanchalik muhim ekanligini his qilibgina qolmay, balki hayotda materializmdan (moddiyatga bo'lgan mehr) ko'ra ko'proq his-tuyg'ular, o'zaro rishtalar va muhabbat ustun turishiga yana bir bor guvoh bo'lasiz.
🌍 Jahon adabiyotiga doir boshqa kitoblarga kichik taqrizlar
👁 @BahodirMahmud
Hozircha iqtiboslar yoʻq