Meʼmor
Qayerda oʻqish mumkin
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Mirmuhsinning ushbu mashhur tarixiy romani buyuk Amir Temur davri va oʻsha paytdagi Samarqandning betakror meʼmorchilik obidalari qurilishiga bagʻishlangan. Asar markazida oʻz kasbiga sadoqatli, otashnafas va isteʼdodli meʼmor Usto Alining hayoti hamda ijodiy iztiroblari turadi. Muallif meʼmorning goʻzallikka boʻlgan cheksiz intilishi, shohona dabdaba va qatʼiy iroda qarshisidagi insoniy dardi, muhabbati va mangu meros qoldirish yoʻlidagi mashaqqatlarini yuksak mahorat bilan tasvirlaydi. Roman oʻzbek adabiyoti tarixidagi eng sara tarixiy asarlardan biri boʻlib, oʻquvchini oʻrta asrlar Sharqining sirli va muhtasham muhitiga olib kiradi.
Kitob haqida
- Asl nomi
- Meʼmor
-
Tili
Asar yozilgan til
- Oʻzbek
- Ilk nashr sanasi
- 1974
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
#MenOʻqiganKitob
Mirmuhsin. "Me'mor"
⭐️ Shaxsiy ball: 8/10
Mirmuhsin tarixiy asarlarning dahosi. Bu asar oʻzbek adabiyotidagi tarixiy asarlar durdonalaridan biri deb aytish mumkin.
Asar voqealari buxorolik me'mor Najmiddin Buxoriy va uning atrofida boʻlib oʻtadi.
Koʻp yillar Hirotda muhtasham bino-inshootlar, madrasalar, koʻpriklar qurilishida bosh-qosh boʻlgan me'mor, Temuriy shahzodalarning taxt talashishi, koʻrolmas, ichiqora insonlar sabab oilasi va shogirdlari bilan tugʻilib oʻsgan joyi Buxoroga qaytib kelishga majbur boʻladi. Vataniga qaytib kelgandan keyin ham urushlar, ichki ziddiyatlar, tinimsiz urushlar sabab roshnolik koʻrmagan usta taqdiri sizni ham oʻylantirib qoʻyadi.
Asarda ota-onalar va farzandlar, ustoz-shogird munosabatlari, ilmga intilish, bunyodkorlik, jasorat mavzulari juda chiroyli tarzda ochib berilgan.
Shuningdek, asar har qanday urush va ziddiyatlar mamlakatni bunyodkorlik, rivojlanishdan bir necha oʻn yillarga orqaga surib, ilm-fandan yiroqlashtirishini oddiy, sodda tilda tushuntirib bergan.
🎥 Rejissyor va ssenaristlarimiz uchun tarixiy yoʻnalishda serial olish uchun tayyor asar. Baxtga qarshi, hali beri bu voqea boʻlmaydiganga oʻxshaydi.
🇺🇿 O'zbek adabiyotidan boshqa o'qigan asarlarim
👁 @BahodirMahmud
Hozircha iqtiboslar yoʻq