Giryon
Qayerda oʻqish mumkin
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Nazar Eshonqulning «Giryon» romani — inson ongi va ruhiy iztiroblar haqidagi falsafiy-psixologik asar. Romandagi voqelik irratsional holatlarda xotira, tush va haqiqat chegaralari bilan o‘zaro aralashib ketadi.
Kitob haqida
- Asl nomi
- Giryon
-
Tili
Asar yozilgan til
- Oʻzbek
- Ilk nashr sanasi
- 2026
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
#MenOʻqiganKitob
Nazar Eshonqul. Giryon
⭐️ Shaxsiy ball: 7/10
"Mr. BBC" kitobxonlik klubi (https://t.me/BahodirMahmud/2061)mizda tez-tez zamonaviy o'zbek adabiyoti kitoblariga ham murojaat qilib turamiz. Mening taklifim bilan shu yil nashrdan chiqqan "Giryon" asarini birgalikda o'qib ko'rdik.
Kitob haqiqatdan ham o'zbek adabiyoti uchun yangicha ruhda, yangicha shaklda yozilgan. Kitob voqealari asosan ikki kishining X avloddan bo'lgan psixolog-ma'ruzachi (Roviy) hamda Z avloddan bo'lgan, o'zning olami va orzulari, shuningdek savollari bilan yashayotgan qiz (Tarso)ning suhbatlaridan, telegramdagi yozishmalaridan qurilgan. Kitob insonning bu dunyoga nima uchun kelishi, nima uchun yashashi, Alloh-inson-shayton munosabatlariga oid klassik savollarni muhokama qilishga harakat qiladi. Kitob psixologiya va undan ham chuqurrog'i psixoanalatika mavzularini ham sharhlashga harakat qiladi. Umuman, asarni psixologiyaga oid badiiy asar ham qabul qilish mumkin. Kitob Nazar Eshonqulning oldingi asarlaridan (asosan hikoyalari) ba'zi qahramonlar hayotini qayta gavtalantiradi.
Kitobni o'qib bo'lgan bo'lsam ham, hanuz muallifdan so'ralajak savollarim bor. Tushunmagan joylarimiz ko'p. O'zaro bog'liqlikdan uzilib qolgan joylarimiz yo'q emas.
Agar falsafa, jamiyatshunoslik, psixologiya va psixanalitika fanlariga nisbatan sizda qiziqish bo'lmasa, bu kitobni o'qimaslikni tavsiya qilaman.
🇺🇿 O'zbek adabiyotidan boshqa o'qigan asarlarim (https://t.me/BahodirMahmud/304)
👁 @BahodirMahmud
Hozircha iqtiboslar yoʻq