Nazar Eshonqul

Nazar Eshonqul

15.06.1962

4.0 (1 ta baho)
Hikoya Qissa Roman Veb-roman

Nazar Eshonqul  — oʻzbek va milliy adabiyotimizning isteʼdodli yozuvchisi. Nazar Eshonqul 1962-yil 15-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Tersota qishlogʻida dunyoga kelgan. 1979-yilda Oʻrta maktabni tamomlab Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1981—1986) va oʻshu yerda aspiranturani ham(1986—1991) davom ettirdi.

Adib Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida, “Yozuvchi” gazetasida, “Jahon” adabiyoti jurnalida oʻz faoliyatini olib borgan

Nasrimizning oʻtgan asr 80–90-yillardagi yanglanishi odatiy anʼanaviy yoʻldan birmuncha oʻzgacharoq kechdi, XIX asr oxiri — XXasr boshlarida Gʻarbda paydo boʻlgan adabiy oqimga oʻxshash sifatlar paydo boʻldi. Shu oʻrinda yozuvchi Nazar Eshonqul oʻzbek nasriga, ayniqsa, hikoyachiligiga oʻzgacha ovoz va ruh olib kirdi. U mana shu janrni Sharq va Gʻarb adabiyoti anʼanalari bilan uygʻunlashtirayotgan adiblar qatoridan joy olgan. Uning dastlabki asari — “Urush odamlari" qissasi (1989). Shundan soʻng “Momoqoʻshiq” (1991), “Yalpiz hidi” (1996) “Ufq ortidagi quyosh”, “Mamun yetaklagan odam” (2004), “Shamolni tutib boʻlmaydi”(2005), “Shaftoli guli” (2011) nomli bir qator kitoblari nashr etildi. F. K. Anittining “Hikoyalar va qissalar”ini, A. Kamyuning “Esselar”ini, Chexovning “Boloxonali uy” hikoyasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Oʻzbekiston Qahramoni Ibrohim Gʻafurov yozuvchi haqida shunday deydi: “Nazar Eshonqul mening nazarimda bizning oʻzbek adabiyotida dunyo adabiyotlarining eng ilgʻor oqimlari va usullarini chuqur oʻrganagan va oʻz asarlarida targʻib qilgan”. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori Bahodir Xoliqov shunday fikrlarini bildirgan: “Nazar Eshonqul asarlari orqali Yevropa, shuningdek, Lotin Amerikasi yozuvchilarining asarlarini ham toʻgʻri tushunish, ularning asarlarini anglash, his etish imkoniyatiga ham ega boʻlamiz”.

Kitoblar (14)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Giryon
Giryon

2026

0.0 (0)
Urush odamlari
Urush odamlari

2008

4.0 (1)
Shamolni tutib boʻlmaydi
Shamolni tutib boʻlmaydi

2005

0.0 (0)
Maymun yetaklagan odam
Maymun yetaklagan odam

2004

0.0 (0)
Avtoportret
Avtoportret

0.0 (0)
Ochilmagan eshik
Ochilmagan eshik

0.0 (0)
Bevaqt chalingan bong
Bevaqt chalingan bong

0.0 (0)
Farishta
Farishta

0.0 (0)
Zulmat saltanatiga sayohat
Zulmat saltanatiga sayohat

0.0 (0)
Muolaja
Muolaja

0.0 (0)
Bepoyon osmon
Bepoyon osmon

0.0 (0)
Haykal
Haykal

0.0 (0)
Qo‘l
Qo‘l

0.0 (0)
Xayol tuzog‘i
Xayol tuzog‘i

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help