Yulduzli tunlar
Qayerda oʻqish mumkin
Bu sayt — mutolaa kundaligi
Bu yerda kitoblarni oʻqib yoki yuklab (PDF) boʻlmaydi. Oʻqiganlaringizni qayd eting, baholang va taqriz yozing.
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Pirimqul Qodirovning ushbu asari oʻzbek adabiyotining eng sara tarixiy romanlari sirasiga kiradi. Unda Movarounnahrdek ulkan saltanatning parchalanib ketishi, Temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich koʻtargan ogʻa-ini, togʻa-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan. Roman voqealari orqali oʻquvchi tarixda Temuriylar oʻrtasidagi nizolar, fitna, fisq-u fasod tufayli yuzaga kelgan qonli urushlar, ayovsiz xunrezliklar oqibatida behad qonxoʻr beklar zulmidan sillasi butkul qurigan xalqning gʻoyat nochor ahvoli va uyushqoqlikdan bexabar Temuriylarni Shayboniyxon qanchalar oson mahv etgani bilan tanishadi. Asarning bosh qahramoni mirzo Bobur odamlardagi bemehrlik, bir-birini koʻrolmaslik, xudbinlik, xiyonat singari jirkanch illatlar bilan gʻoyat erta, oʻn ikki yoshida taxtga oʻtirganida roʻbaroʻ boʻldi. Taqdirning ayanchli zarbalaridan zada boʻlgan shohning kuygan yuragi – shoir qalbi qalandarlikni ixtiyor etgani ajab emas. Asar mutolaasi davomida butun umr Vatan ishqida yonib, sogʻinch bilan oʻrtanib, "Jonimdin oʻzga yori vafodor topmadim..." deya iztirob chekkan bobokalonimiz dardi kitobxon qalbini larzaga soladi.
Kitob haqida
-
Tili
Asar yozilgan til
- Oʻzbek
- Ilk nashr sanasi
- 1978
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
Hozircha taqrizlar yoʻq
Hozircha iqtiboslar yoʻq