Pirimqul Qodirov

Pirimqul Qodirov

25.10.1928 21.12.2010

4.8 (36 ta baho)
Hikoya Qissa Roman Tarixiy Tarixiy roman To'plam

Pirimqul Qodirov 1928-yil 25-oktyabrda Tojikiston Respublikasining Shahriston tumanidagi Kengkoʻl qishlogʻida tugʻilgan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1988). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1978). Oʻrta Osiyo universitetining sharqshunoslik fakultetini tugatgan (1951). Dastlabki hikoyasi – “Studentlar” (1951). “Qadrim” (1961), “Erk” (1968), “Meros” (1974), “Akramning sarguzashtlari” (1974), “Yayra institutga kirmoqchi” (1979), shuningdek, maʼnaviy-axloqiy masalalarga bagʻishlangan “Najot” (“Baxillar va botirlar”, 1980) qissalari nashr etilgan. “Uch ildiz” (1958), “Qora koʻzlar” (1966), “Olmos kamar” (1976), “Yulduzli tunlar” (1979, ushbu asarning davomi “Avlodlar dovoni”, 1989), “Ona lochin nidosi” (2000) kabi romanlar muallifi. Oʻzbek tili va adabiyotining ilmiy-nazariy masalalariga oid risolalar (“Til va dil”, 1972 va boshqa) hamda 2 jildli “Adabiyot nazariyasi” uchun “Adabiy asarning tili” va “Adabiy jarayon” boblarini yozgan. “Qadrim” qissasi asosida “Sening izlaring” badiiy filmi, “Yulduzli tunlar” romani va “Jon shirin” hikoyasi asosida koʻp seriyali videofilmlar suratga olingan. Pirimqul Qodirov 2010-yil 21-dekabr kuni Toshkent shahrida vafot etdi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981), “El-yurt hurmati” (1998), “Buyuk xizmatlari uchun” (2006) ordenlari va “Shuhrat” medali (1994) bilan mukofotlangan.

Kitoblar (14)

Natija topilmadi
Kitob Baho
Shohruh va Gavharshod
Shohruh va Gavharshod

2021

0.0 (0)
Najot
Najot

2020

5.0 (3)
Uch ildiz
Uch ildiz

2019

4.4 (10)
Qora ko‘zlar
Qora ko‘zlar

2019

0.0 (0)
Olmos kamar
Olmos kamar

2019

5.0 (1)
Ona lochin vidosi
Ona lochin vidosi

2001

0.0 (0)
Avlodlar dovoni
Avlodlar dovoni

1997

4.3 (6)
Yulduzli tunlar
Yulduzli tunlar

1978

4.6 (8)
Erk
Erk

1975

0.0 (0)
Meros
Meros

1975

0.0 (0)
Qadrim Pirimqul Qodirov
Qadrim

1975

0.0 (0)
Akramning sarguzashtlari
Akramning sarguzashtlari

1974

4.9 (7)
Ilinj
Ilinj

5.0 (1)
Chaqmoqday yaltillab... Pirimqul Qodirov
Chaqmoqday yaltillab so‘ngan umr

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Don't have an account?

Telegram Help