Tun zulmati ortida
Qayerda oʻqish mumkin
Bu sayt — mutolaa kundaligi
Bu yerda kitoblarni oʻqib yoki yuklab (PDF) boʻlmaydi. Oʻqiganlaringizni qayd eting, baholang va taqriz yozing. Batafsil
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Yirik shahar megapolisda yarim tun. Son-sanoqsiz odamlar bir joyga yigʻilgan "arilar uyasi", osmonoʻpar imoratlar, yaltir-yultur reklama, turnaqator ulovlar, ilonizi asfalt yoʻl-u temir yoʻllar, chang-u gʻubor, shovqin-suron bari qorishib, chatishib ketgan olachipor makondagi kunduzgi yugur-yugur-u, gʻimir-gʻimir tinib, qorongʻi tushgach, atrofga gʻalati, sirli sokinlik choʻkadi. Yapon adibi Haruki Murakami qahramonlari yoshgina yigit va qizlar - olatasir, talatoʻp muhitga koʻnikolmagan, millionlar shahridagi yolgʻiz qalblar shu zimistonda koʻcha kezib, suhbat qurib, dardlashib, oʻzlarini qiynagan, uyqu bermagan savollarga javob topishga, zohiriy, botiniy chigallarni yechishga intilishadi. Mehr-oqibat, zulm-u zoʻravonlik, befarqlik, sabr-toqat, roʻyo va chin qorishiq tun pardasi ostida katta shahardagi kichik odamlar taqdiri, oʻy-xayollari, orzu-armoniga sherik boʻlarkansiz, yorugʻlig-u, zulmatning ham turfa tusda, rangda, shamoyilda namoyon boʻlishidan hayratlanasiz.
Kitob haqida
- Asl nomi
- アフターダーク(Afutā Dāku)
-
Tili
Asar yozilgan til
- Yapon
- Ilk nashr sanasi
- 2004
- Oʻzbek tilida nashr etilgan sana
- 2025
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
Haruki Murakami. Tun zulmati ortida (2004)
⭐️ Shaxsiy ball: 6.5/10 📓 Goodreads: 3.74/5
Murakamining ijodidan o'qigan navbatdagi kitobim oldingisidan (https://t.me/BahodirMahmud/1992) yarim ball ko'proq ball olib, ko'tarildi.
Asar hajman uncha katta emas. Voqealarning bari bir tun bag'rida bo'lib o'tadi. Murakami o'z ananalariga sodiq qolgan holda, ushbu asarida ham inson psixologiyasining tushkun chuqurliklari, yolg'izlik va tushkunlik mavzulariga e'tibor qaratadi.
Asar bosh qahramonlari Mari Asai hamda uning chuqur uyqudagi opasi Eri Asai atrofida sodir bo'ladi. Erining kitob voqealari jarayonida chuqur uyquda bo'lishi, bugungi kun yapon o'smirlarining tushkunlik, yakkalikka bo'lgan moyillik, psixologik inqiroz va zaif oilaviy munosabatlarning asl sababini ko'rsatib berayotgandek go'yo.
Murakamining tasvir ifodasi boyo'qdor. Uslubda rang-baranglikni taminlagan. Lekin mavzu va janr masalasi bu kitobga past baho qo'yishimga sabab bo'ldi. "Norveg o'rmoni" (https://t.me/BahodirMahmud/1992) singari buni ham o'smirlik paytimda o'qiganimda menga yoqqan bo'lishi mumkin edi. Hozircha esa ikkinchi kitob ham meni Murakami ijodida oshiq etolmadi.
🌐 Jahon adabiyotiga doir boshqa kitoblarga kichik taqrizlar (https://t.me/BahodirMahmud/1413)
👁 @BahodirMahmud
Hozircha iqtiboslar yoʻq