Raqamli qalʼa
Qayerda oʻqish mumkin
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Bu kitob zamonaviy jahon adabiyotining eng mashhur yozuvchilaridan biri, butun dunyo boʻylab 300 milliondan ortiq nusxada kitob sotgan Den Braunning “Raqamli qalʼa“ romanidir. Ushbu roman Den Braunning ilk romani boʻlib, asar shu zahoti Den Braunga butun dunyoga mashhurlikni olib keladi. Bugungi kunda Den Braun “New York Times“ nashri tomonidan bir necha bor dunyoning eng mashhur 100 insoni sifatida eʼtirof etilgan va uning asarlari doim dunyodagi yangi bestsellerlar roʻyxatida eng birinchi oʻrinlarni egallab kelmoqda. Ayni vaqtda yillik 156 million AQSH dollari daromad bilan, Den Braun jahonda eng koʻp daromad qiladigan yozuvchilardan biri ham hisoblanadi. Uning boshqa bir “Da Vinchi kodi“ nomli asari oʻzbek kitobxonlariga yaxshi tanish.
Kitob haqida
- Asl nomi
- Digital Fortress
-
Tili
Asar yozilgan til
- Ingliz
- Ilk nashr sanasi
- 1998
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
🤟 Den Braun. Raqamli qal'a
⭐️ Shaxsiy ball: 8/10 📓 Goodreads: 3.71/5
Agar siz bir nafasda yengil o'qiladigan, syujetga boy asar qidirib yurgan bo'lsangiz bu kitob siz uchun. Asarni o'qir ekansiz, o'zingizni go'yoki bir Holivud texno-triller filmlaridan birini ko'rayotganday his qilasiz.
Asar voqealari AQSh hukumatining MXA (Milliy xavfsizlik agentligi) tomonidan Transxabar deb nomlangan, istalgan turdagi yashirin xabar yoki matnli ma'lumotni qisqa vaqt ichida qayta shifrlab beradigan superkompyuterning yaralishi hamda u bilan bog'liq jarayonlar atrofida sodir bo'ladi. Agentlik bunday superkompyuterning borligini inkor etsa-da, unda muttasil foydalanishda davom etadi. Bunga ushbu superkompyuterni yaratishda bosh-qosh bo'lgan kuchli dasturchilardan biri Enzay Tankado qarshi chiqadi va barcha voqealar shundan boshlanadi.
Asarning jumboqli syujeti, filmlarbop voqealar ketma-ketligi, kriptografiya olami haqidagi sodda, tushunarli ma'lumotlari uni sizga manzur keladigan kitoblardan biriga aylantirsa ajab emas.
🌍 Jahon adabiyotiga doir boshqa kitoblarga kichik taqrizlar
👁 @BahodirMahmud
Hozircha iqtiboslar yoʻq