Den Braun

image
2
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
4.6
Reyting
Janrlari:
roman

 Den Braun (22-iyun 1965-yil) – amerikalik yozuvchi . U bestseller romanlarning muallifi, jumladan, "Da Vinchi siri" ham barcha davrlarning eng koʻp sotilgan romanlaridan biriga aylangan hamda kitobxonlar va olimlar oʻrtasida intellektual munozaralar mavzusiga aylangan. Braunning romanlari dunyo boʻylab 57 tilga tarjima qilinib umumiy hisobda 200 million nusxada nashr etilgan. 2005-yilda Braun Times jurnali tomonidan dunyoning 100 ta eng nufuzli odami roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, muharrirlari unga „nashriyot sanoatini saqlab qolgan“ deb taʼriflashgan. Braunning Ibtido nomli soʻnggi romani insoniyatning ikkita asosiy savolini oʻrganadi: Biz qayerdan kelganmiz? Bizni nima kutmoqda?

Matematika oʻqituvchisi va cherkov musiqachisining oʻgʻli boʻlgan Den Braun Amerikaning „New Hampshire“ shtatidagi „Exeter“ shahrida tugʻilib oʻsgan. Oʻzidan kichkina Gregoriy va Valeriya ismli singlisi va ukasi boʻlgan. Braunning sirlar va jumboqlarga boʻlgan qiziqishi uning bolaligidagi xonadondan boshlanadi. U yerdagi kodlar va shifrlar uning ota-onasi ishlagan matematika, musiqa va tillarni bogʻlab turadigan kalit boʻlgan. Yosh Braun soatlab anagrammalar va krossvordlar ustida ishlaydi va u va uning aka-ukalari tugʻilgan kun va bayramlarda otalari tomonidan ishlab chiqilgan xazina izlashda qatnashadilar.

1993-yilda Taitida taʼtilda boʻlganida Den Braun Sidni Sheldonning „Qiyomat fitnasi“ romanini oʻqigan va trillerlar yozuvchisi boʻlishga ilhomlangan. U oʻzining birinchi asari „Raqamli qalʼa“ ustida ishlay boshladi va uning asosiy voqealarini 1985-yilda oʻzi oʻqigan Sevilya bilan bogʻladi. Uning barcha asarlaridagi voqealar asosan 24 soat davom etadi. 1996-yilda butunlay musiqani tashlagan Den Braun 1998-yilda Raqamli qalʼa ni yozib tugatadi. 2000-yilda Farishtalar va shaytonlar, 2001-yilda „Aldash nuqtasi“ romanlari dunyo yuzini koʻrdi. Lekin unga haqiqiy mashhurlik va shon-shuhratni 2003-yilda yozilgan Da Vinchi siri asari olib keldi. 2009-yil maʼlumotlariga koʻra 81 million nusxada sotilgan bu asar barcha davrlarning eng yaxshi asarlari sifatida eʼtirof etilgan. Asardagi bosh qahramon Robert Lengdon obrazi uning keyin yozilgan koʻplab asarlari jumladan „Yoʻqolgan belgi“ (2009), „Doʻzax“ (2013), Ibtido (2017) da ham davom etdi.

2 ta kitobdan 1 dan 2 gacha koʻrsatilmoqda
Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz