Qon hidi

Qon hidi

Abdurashid Nurmurodov

Baholanmagan
Baholang:
4 kishi oʻqimoqchi
Janr: Roman

Kitob tavsifi

Otasi va ukasining urushdan nogiron bo‘lib qaytgani, so‘ng onasining paxta maydoniga sepilgan zaharli doridan oq qon kasaliga chalinib vafot etishi yuragida ulkan bo‘shliq paydo qilgan inson bor dardini, iztirobini qog‘ozga to‘kdi. Qahramonlari unga og‘riqli kunlarida duch keldi, bir-birlarining yaxshiyu yomon kunida hamnafas, hamdard bo‘ldi. So‘ng­gida esa... ularning hammasini yo‘qotdi. Afg‘on tuprog‘ida jon olib jon bergan minglab vatan o‘g‘lonlarining, achchiq qismat egalarining taqdiri haqida bitilgan kitob – “Qon hidi” romani shu tarzda dunyoga keldi. Yelkasiga sharaf yukini ortib jangga kirganu so‘nggida o‘zlarining keraksiz buyumdek tashlandiq kimsalarga aylanganini tushunganida ming afsus... ular ancha ulg‘ayib qolgan edilar. Ammo yashash kerak edi... Qanday qilib?! Yurakda shunchalar zalvorli yukni ko‘tarib yashab bo‘ladimi? Muallif asari orqali ko‘proq jang sahnalariga emas, aksincha o‘zi kabi baxtsiz, o‘zi kabi yolg‘iz taqdirdoshlarining ichki olamiga, ruhiyatiga e’tibor qaratdi.

Kitob haqida

Tili
Asar yozilgan til
Oʻzbek
Ilk nashr sanasi
2001

Statistika

0.0
O‘rtacha baho
0
Baholar

Baholar taqsimoti

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga sho‘ng‘ing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Telegram Help