Oyimtilla
Qayerda oʻqish mumkin
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Bu hikoya jamiyatda oʻz oʻrnini topishga intilayotgan insonlar, ayniqsa, ayollar uchun qanday sinovlar va ichki kurashlar borligini ochib beradi. Nilufar kabi qahramonlar hayot yoʻlida tanlov qilishga majbur: oʻz yoʻlidan borish yoki tizim talab qilgan yoʻldan yurish. Mansab va obroʻ inson hayotidagi eng katta ehtiros va sinovlardan biriga aylangan zamonda, bu yoʻlda nimani yoʻqotish mumkinligi haqida oʻylash kerak. Orzular sari intilish va jamiyat talablari orasida inson oʻzligini yoʻqotmasligi uchun nima qilish kerak? Ushbu kitob shu savollarga javob izlaydi.
Kitob haqida
- Asl nomi
- Oyimtilla
-
Tili
Asar yozilgan til
- Oʻzbek
- Ilk nashr sanasi
- 2025
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
#MenOʻqiganKitob
Zulfiya Qurolboy qizi. Oyimtilla (2025)
⭐️ Shaxsiy ball: 7,5/10
📓 "Mr. BBC" onlayn kitobxonlik klubimizda navbatdagi "o'lja" Zulfiya Qurolboy qizining "Pir" nashriyoti tomonidan chop etilgan "Oyimtilla" asari bo'ldi. Tasodifni qarangki, bundan oldin muallifning turmush o'rtog'i Abduqayum Yo'ldoshevning "Kasofat raqamlar" asarini mutolaa qilgan edik.
Asar oddiy oiladan kamsuqum, yuvoshgina qizning, jamiyat sabab ish, mansab, hashamatni eng oliy oʻringa qoʻyuvchi, ularga erishish yoʻlida yaqinlari, kerak boʻlsa oʻz onasidan ham kecha olasigan Nilufar ismli qiz taqdiri haqida hikoya qiladi.
Bir emas, toʻrt marotaba turmush qurgan Nilufar toʻrt xil hayotga guvoh boʻladi. Toʻrt xil olamda yashab koʻradi. Lekin, shubhasiz, ana shu toʻrt olamning bari uni ayol, ona tarzida emas, mardikor, enaga, jazman va hokazolar tarzda qabul qiladi. Bularning bari esa asar yakuniga qadar bosh qahramonning tosh qalbli oyimtillaga aylanishiga sabab boʻladi.
Kitobning menga yoqqan alohi jihati, unda muallifning uslubiy boʻyoqlar juda maromida ishlatgani. Shuningdek, asarda yuzdan ortiq bugungi kunda tilimizsa unutilib borayotgan ajoyib-u gʻaroyib iboralarni uchtatishingiz mumkin.
🇺🇿 O'zbek adabiyotidan boshqa o'qigan asarlarim
👁 @BahodirMahmud
Hozircha iqtiboslar yoʻq