#MenOʻqiganKitob
Harper Li. "Mazaxchini o'ldirish" (1960)
❗️ Barcha otalar o'qishi shart bo'lgan kitob!
📓 Goodreads: 4.26/5
⭐️ Shaxsiy ball: 9/10
📖 Fikrimcha, "Carpe Diem" kitobxonlik klubimiz bilan birgalikda o'qigan eng yaxshi kitoblarimizdan biri.
Kitobning asosiy voqealari rafiqasidan erta judo bo'lgan advokat Attikus Finch, hamda uning o'g'li Jem (Jeremi) hamda Jin Luiza (Skaut) atrofida sodir bo'ladi. Tafsilotlar qiz tilidan hikoya qilinadi. Asarda shuningdek, Charlz Beyker Haris - Dill (yozuvchining hayotdagi do'sti Trumen Kapote prototip), oqsoch Kalpurniya, Redli alvasti kabi ikkinchi plandagi qahramonlar ham mavjud.
Qora tanlilardan bo'lgan Tom Robinsonning oq tanlilar tomonidan jinsiy zo'rlash va taxqirlash bilan bog'liq qilingan ayblov natijasiga ko'ra, Atikkus Finch gumonlanuvchining advokati sifatida davlat tomonidan yollanadi. Attikus Finch sud davomida Tom Robinsonning aybsiz ekanligini rad etib bo'lmas faktlar bilan isbotlab bersa-da, sudning yakuniy qarori kutilganidek, oq tanlilar foydasiga chiqariladi. (Asar syujeti qaysidir ma'noda Stiven Kingning "Yashil milya (https://t.me/BahodirMahmud/84)" asariga o'xshab ketadi.)
Va bularning bari adolat nima ekanligini endigina anglab borayotgan murg'ak qalbli bolalar ko'z o'ngida sodir bo'ladi.
Asarda Attikus Finch - ideal ota obrazida namoyon bo'ladi: bolalariga hech qachon ovoz ko'tarib baqirmagan, har qanday o'g'riqli (uyatli) va javob berish qiyin bo'lgan savollarga javobni ham yotig'i bilan tushuntira oladigan, farzandlariga tanganing ikkinchi tomoni borligini ham uqtira olgan, umuman, insonning terisining rangi, og'zidan chiqayotgan yomon so'zi, yomonliklari va hokazo salbiy xislatlariga qaramay istalgan odamda yaxshilik topish mumkinligini o'rgata olgan inson!
Asarni nega o'qish kerak? Kitobni o'qib shubhasiz, bolalikka qaytganday bo'lasiz. Balki sizning ham bolalingizda kitobdagi voqealar singari holatlar bo'lgan bo'lishi mumkin. Shuningdek, kitob sizda bola tarbiyasiga doir qimmatli xulosalar paydo bo'lishi ham yordam beradi. Agar o'qimagan bo'lsangiz, albatta o'qing.
Kitob javonimda bu kitobga joy bormi? 😄 Bor, albatta. Ayniqsa, "Akademnashr" tomonidan taqdim etilgan sifat kitobni ikki karra sevishga majbur qiladi. Ingliz tilida chop etilgan original nashrni topib, yana qayta o'qib chiqishni niyat qildim.
🎬 Kitob asosida 1962-yil ayni shu nomda suratga olingan film bosh qahramon - Gregori Pekga eng yaxshi aktyor nomimatsiyasida "Oscar" mukofotini olib kelgan. 🏆
Jahon adabiyotidan boshqa kitoblarga kichik taqrizlar. (https://t.me/BahodirMahmud/1413)
👁 @BahodirMahmud