Jimjitlik
Qayerda oʻqish mumkin
Bu sayt — mutolaa kundaligi
Bu yerda kitoblarni oʻqib yoki yuklab (PDF) boʻlmaydi. Oʻqiganlaringizni qayd eting, baholang va taqriz yozing. Batafsil
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
“Jimjitlik” romanida sovet davridagi rahbarlarning chirkin hayoti, ezilgan oddiy xalqning turmush tarzi, uzoq yillar rahbarlar tazyiqi ostida Afrikada yashagan, ayoli va farzandidan ayrilib uyiga qaytgan Tolibjon, boylik va mansab uchun har qanday jirkanchlikka tayyor xotinboz rais Mirvali, otasi oʻldirilib, onasi Mirvali tomonidan tortib olingan Azizbek kabi insonlar taqdiri hikoya qilinadi. Asarda turgʻunlik davri illatlari mukammal tarzda ochib berilgan. Romanida sirtdan tinch, sokin koʻringan shoʻro davrining ichki dramalari, tuzum inqirozi butun keskinligi, shiddati bilan koʻrsatilgan. Asardagi deyarli barcha yetakchi personajlar fojiaviy qismat egalaridir. Roman oʻzining asov, “bebosh” ifoda tarzi bilan jozibalidir
Kitob haqida
-
Tili
Asar yozilgan til
- Oʻzbek
- Ilk nashr sanasi
- 1989
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
#MenOʻqiganKitob
📓 Said Ahmad. "Jimjitlik" (1989)
Nega asar nomi aynan "Jimjitlik"?
Jamiyatda shuncha kir-qabih ishlar bo'lsa ham, hammasi joyidadek ko'rsatiladi. Rahbarlar kechirib bo'lmas qabih ishlarni amalga oshirsa ham "Bag'dodda hamma yoq tinch".
Har bir rahbar albatta o'qib chiqishi kerak bo'lgan yana bir kitob. (https://t.me/BahodirMahmud/790)
Har qancha yomonlik qilsin, har qancha qing'irlik qilsin, har qancha harom ish qilsin. Yakunda buning barchasini jazosini o'tash kerak.
Bola boshidan deganlaridek yoshligidanoq biror jonzodga joni achinmay (masalan, mushuk, kuchuk va hokazo) ularga yomonlik qila olgan bola katta bo'lsa insonlarga joni achimaydigan qabih jinoyatchiga aylanadi.
✅ Kitobni tavsiya qilamanmi? Albatta. Agar hali o'qimagan bo'lsangiz imkon qadar o'qib chiqing. Aks holda menga o'xshab nega shuncha yillar davomida bu kitobni o'qimadim deya afsuslanib yurasiz. Yoqimli mutolaa tilayman.
📚 Men tavsiya qilgan (qilmagan) boshqa kitoblar (https://t.me/BahodirMahmud/304)
Hozircha iqtiboslar yoʻq