Alvon yelkanlar. Aleksandr Grin

Alvon yelkanlar

Aleksandr Grin

Reyting: 0

Baholar: 0 ta Taqrizlar: 0 ta Iqtiboslar: 0 ta

Janr: roman

Kitob haqida

"Alvon yelkanlar" povesti Assol ismli qizchaning og‘ir va iztirobli hayoti haqida so‘zlaydi. Assol go‘daklik chog‘ida onasidan ajrab qoladi. Otasi esa o‘zini qizalog‘ining tarbiyasiga bag‘ishlaydi. Uni mo‘jizalarga ishonch ruhida o‘stiradi. Bir kuni qizaloq Egil ismli keksa ertakchini uchratib qoladi. Ertakchi qizaloqqa qachonlardir uni so‘roqlab alvon yelkanli kemada shahzoda kelishini aytadi. Qizcha ana shu gapga ishonadi va sadoqat bilan o‘sha saodatli damlarni kutib yashaydi. Bu yo‘lda qanchadan-qancha aziyatlar chekadi. Boshiga malomat toshlari yog‘iladi. Yo‘qchilik, dasti qisqalik hamisha ortidan ergashib yuradi. Ammo u hech qachon taslim bo‘lmaydi. O‘z saodati uchun mehnat qilishdan chekinmaydi. U mo‘jiza o‘z-o‘zidan kelmasligini, uni inson o‘z qo‘li bilan yaratishi lozimligini anglagan daqiqalardan, boshqalarni ham ana shu haqiqatga ishontiradi. Oradan yillar o‘tib, ertakchi cholning bashorati ro‘yobga chiqadi: ufq tomondan suzib kelayotgan alvon yelkanlar ko‘zga tashlanadi... Bir so‘z bilan aytganda, mazkur asar o‘quvchiga ishonch va sadoqat, sabrning tagi oltin ekanini Assol hayoti misolida isbotlaydi.
Asl nomi Алые паруса
Birinchi chop etilgan yili 1923
Tili Rus

Taqrizlar

Iqtiboslar

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz