Yulduzlar toʻzoni
18+Qayerda oʻqish mumkin
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Ushbu roman psixologik realizm va syurrealizm uygʻunlashgan, ruhiy ziddiyatlarga boy asardir. Unda soxta qadriyatlar qurboniga aylangan yoshlarning barbod etilgan orzulari va sassiz faryodlari haqida hikoya qilinadi. Muallif jamiyatning maʼnaviy tanazzuli, avlodlar toʻqnashuvi, inson erki va hayot mazmuni kabi ijtimoiy-falsafiy muammolarni qahramonlar fojiasi orqali yoritadi. Orzu qilishdan qoʻrqadigan va qalbdagi ezgulikni asrashni istagan kitobxonlar uchun bu asar chuqur mulohazalarga chorlaydi.
Kitob haqida
-
Tili
Asar yozilgan til
- Oʻzbek
- Ilk nashr sanasi
- 14-sentabr 2026
- Yosh chegarasi
- 18+
Statistika
Baholar taqsimoti
Oʻxshash kitoblar
Asarning oʻziga xosligi koʻpqatlamli kompazitsiyasida boʻlib, muqaddima allaqanday mavhum, chiqish yoʻli boʻlmagan vokzalda boshlanadi. Uyqudan xotirasini yo'qotib uygʻongan qahramon, choʻntagidan chiqqan noma'lum chipta va taqdiri bitilgan boʻm-boʻsh kitob bilan oʻtmish xotiralariga shoʻngʻiydi. Romanda bevosita metanarrativ usul qo'llanib, hikoya chizigʻi ikki turli yunalishda rivojlanadi. Bu jihatdan uni "Usta va Margarita" "Qiyomat" "Musallaslar mamlakati" kabi asarlarga oʻxshatish mumkin.
Roman qahramonlari bir-birini toʻldiruvchi, muayyan ijtimoiy-ruhiy qatlamlarni ifodalovchi tragidik tiplar sifatida namoyon boʻladi. Ularning kechinmalari, ichki monologlari va ruhiy toʻqnashuvlari nihoyatda taʼsirchan ishlangan.
Muallif avlodlar oʻrtasidagi uzilish, jamiyatdagi ijtimoiy tazyiq kabi mavzularni ochiq-oydin, aytish joiz boʻlsa oʻzbekona andisha va senzurasiz oʻrtaga tashlaydi.
Lekin, ba'zi bir kamchiliklar ham yoʻq emas. Jumladan asardagi ruhiy bosim va tragidiya darajasi nihoyatda yuqori; yorugʻlik ilinji, umidbaxsh elementlar juda ham minimalistik darajaga tushirilgan. Tabiiyki bu narsa ba'zi kitobxonlarda toliqish keltirib chiqarishi mumkin. U o'quvchini tinmay ezib, tinka-madorini quritib, hayotdan toʻydirib yuboradi. Xuddi "Ochlik" singari...
Lekin, boshqa tomondan romanchilik maydonidagi soʻngi yillardagi turg'unlikni hisobga olsak bu asarni koʻzga surtsak arziydi.
Qolaversa u muallifning ilk urinishi. Buni inobatga oladigan boʻlsak, kelgusida unda jahonning manaman yozuvchilari bilan tenglasha oladigan potensial bor deb ishonish mumkin. Matn oʻqilishi yax bosgan yoʻldek silliq. Shu joyda muallif juda koʻp kitob oʻqigani yaqqol bilinadi. Asardagi qahramonlar (ayniqsa: Davron, Ergash, Oyshalar) juda murakkab ruhiyatga ega. Bir qarashda Dostoyevskiy qahramonlarining hidi keladi. Roman har bir kitobxon, xususan, ota-onalar va yoshlar oldiga juda ogʻriqli savollarni qoʻyadi. Hattoki shu turishida ham shaxsiyatning shakllanishi, maʼnaviy mas’uliyat va insoniy erk tushunchalarini qayta kashf etishni istagan anchagina talabchan kitobxonlar ham oʻqishiga arziydi...
Bu kitobni yaqinda o'qib chiqdim. Uni bir nafasda o'qib chiqishingiz qiyin, ammo voqealar rivoji sizni juda qiziqtirib qo'yadi. Sizda asarda ikkita qahramon bordek taasurot uyg'otadi, lekin kitob o'qish davomida qahramon qiz aslida kim ekanligini tushunib olasiz. Bosh qahramonning hayotidagi va boshqa qahramonlar hayotida bo'lgan voqealar sizni o'ylantirib qo'ya oladi. Inson hayotiga o'zga insonlaring ta'sirini shu kitobda aniq ko'rsatib berilgan. Kitobni o'qish jarayonida bu kitobga sarflagan vaqtimga achinmadim, chunki kitob sizga nimadir bera oladi
Hozircha iqtiboslar yoʻq