Sitsiliyalik (Choʻqintirgan ota 2)
Qayerda oʻqish mumkin
Bu sayt — mutolaa kundaligi
Bu yerda kitoblarni oʻqib yoki yuklab (PDF) boʻlmaydi. Oʻqiganlaringizni qayd eting, baholang va taqriz yozing. Batafsil
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Amerikalik taniqli yozuvchi Mario Pyuzoning "Sitsiliyalik" romanini "Choʻqintirgan ota" asarining davomi deyish mumkin. Unda don Korleonening kichik oʻgʻli Maykl taqdiri toʻgʻrisida hikoya qilinadi. Shuningdek, jasur qahramon, mard yigit Salvatore Gilyanoning hayoti, metin irodasi, koʻplab sarguzashtlaru va fojiaviy qismatlar bayon etiladi. Ushbu kitobda doʻstlik va adovat, muhabbat va nafrat, oʻlim va intiqomning sitsiliyacha qonunlari xususida bahs ketadi. Ular inson ruhiyati, ayniqsa qonunni chetlab oʻtuvchi kishilarning ichki dunyosini chuqur biluvchi Mario Pyuzoning diqqatini hamisha jalb qilib kelgan. Oʻtkir syujetli, turfa voqealarga boy, oʻquvchini kutilmagan burilishlarga olib kiradigan ushbu asar oʻz muxlislarini topishi muqarrar. Shunday yuksak tushunchalar borki, ular ezgulik, olijanoblik, qadr-qimmat, oʻzaro ishonch, doʻstlik va sadoqatdir. Taassufki, bu yuksak mezonlarga qarama-qarshi oʻlaroq, inson qadrini toptash, aldov, firib, xiyonat kabi illatlar ham mavjud. Ochkoʻzlik, nafsga hirs qoʻyish, adovat, shaxsiy manfaat yoʻlida boshqalar hayotini izdan chiqarish ayrim kimsalarning tamoyiliga aylangan. Bundaylarni oʻzgartirish dushvor, ular har qanday holatda ham manfurligicha qolaveradi.
Kitob haqida
- Asl nomi
- The Sicilian: Godfather, Book 2
-
Tili
Asar yozilgan til
- Ingliz
- Ilk nashr sanasi
- 1984
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
Hozircha taqrizlar yoʻq
Hozircha iqtiboslar yoʻq