Judolik diyori 1-kitob
Qayerda oʻqish mumkin
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
"Jondan aziz ukajonim, Maqsud, bu besh kunlik omonat dunyoni sizlarga tashlab keta turib, u ota yurtni, sizlarni, xolalarimu pochchalarimu togʻalarimni, bu dunyodan oʻtib ketgan barcha mahalladoshlarni esladim. Va Ulugʻxoʻjaboylar sulolasining umidli novdasi boʻlgan senga shu omonat gaplarimni qoldirgim keldi... Maqsud, qoʻy, oʻzingni bos. Yigʻlama. Men senga armonlarimnimas, oʻz xato-yu gunohlarimni toʻkmoqdaman. Yolgʻiz Olloh va oʻzimgina biladigan gunohlarimni senga ishonib aytmokdaman. Sen uzoqqa boradurgan yigitsan, tushunib olarsan, deb oʻylayman. Yurtimizda kimlar meni qaroqchi deb atar, kimlar soʻnggi bosmachi, deb tavqi laʼnat tamgʻasini bosib ham qoʻygandir. Balki, baʼzilar birovning toʻyini buzib, nikohidagi ayolini olib qochgan nobakor deb bilar. Lekin men, Hudovandi Karimga ming qatla shukrlarki, u gunohi azimga botib ulgurmadim. Mening gunohim boshqa narsada: bu dunyoda har neki Ollohning izni-irodasisiz boʻlmasligini unutib, Bahriddin oshnamning qasosini olmaguncha qoʻymayman, deb qasam ichganim va shu niyat bilan bir bandaga bilib-bilmay zulm oʻtkazib qoʻyganimdir! Men sultonlar ham jurʼat etolmaydigan bir jazoni inson bolasiga, Hudo qoʻshqoʻllab urib qoʻygan kimsaga ravo koʻrib, yomon adashibman. U asli beayb boʻlib chikdi, Maqsud..." Adib Murod Mansurning "Judolik diyori" asari ana shu tarix va kechmishlar haqida bahs etadi.
Kitob haqida
- Asl nomi
- Judolik diyori 1-kitob
-
Tili
Asar yozilgan til
- Oʻzbek
- Ilk nashr sanasi
- 2007
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
Hozircha taqrizlar yoʻq
Hozircha iqtiboslar yoʻq