Jamila
Qayerda oʻqish mumkin
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Chingiz Aytmatovning ushbu asari jahon adabiyotidagi eng goʻzal sevgi qissalaridan biri hisoblanadi. Unda Ikkinchi jahon urushi davridagi qirgʻiz ovulidagi hayot, ogʻir mehnat va insoniy tuygʻularning uygʻonishi yuksak mahorat bilan tasvirlangan. Jamila va Doniyor oʻrtasidagi samimiy muhabbat orqali muallif insonning erkinlikka intilishi, eski aqidalarga qarshi isyoni va chinakam baxt mohiyatini ochib beradi. Lui Aragon ushbu asarni 'dunyodagi eng goʻzal sevgi qissasi' deb taʼriflagan.
Kitob haqida
- Asl nomi
- Джамиля
-
Tili
Asar yozilgan til
- Qirg‘iz
- Ilk nashr sanasi
- 1958
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
📖 Chingiz Aytmatov. "Jamila"
Yozuvchining manaman degan kitob ixlosmandlarining ikki tomonga ajratib tashlovchi asari.
Eri urushga ketib, oʻzi erkaklarday teppa-teng ishlab, front uchun bugʻdoy tashigan Jamilani urushdan yarador boʻlib qaytgan Doniyorga koʻngil qoʻyib, yakunda u bilan qochib ketishini oqlaysizmi, qoralaysizmi farqi yoʻq. Qanday fikrda boʻlishingizdan qat'i nazar oʻzingiz uchun haqsiz.
Yozuvchi Jamila obrazi orqali aslida insonning ichki dunyosiga yuzlanadi. Inson qalbining tub-tubida yashiringan orzu-istaklar, umidlarni aqlimiz bilan amalga oshiradigan, jamiyat tomonidan biz uchun belgilab berilgan, urf-odatlar suvi bilan sugʻorilgan hatti-harakatlarga nisbatan zidlantiradi.
Hozircha iqtiboslar yoʻq