Dunyoning ishlari

Dunyoning ishlari

Oʻtkir Hoshimov

5.0 (25 ta baho)
Baholang:
23 kishi oʻqimoqchi 14 kishi oʻqiyapti 14 kishi oʻqib boʻlgan
Janr: Qissa

Qayerda oʻqish mumkin

Bu sayt — mutolaa kundaligi

Bu yerda kitoblarni oʻqib yoki yuklab (PDF) boʻlmaydi. Oʻqiganlaringizni qayd eting, baholang va taqriz yozing. Batafsil

Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.

Kitob tavsifi

"Dunyoning ishlari" Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub memuar qissa. Asar katta-kichik hikoyalardan iborat. Asardagi jonli va hayotiy tasvirlar, oʻzbekona yondashuv va xarakter, qahramonlar oʻrtasidagi suhbatlar mutolaa taʼsirini kuchaytiradi. Asar adibning bolalik davridagi voqealari asosida qurilgan. Sovet davridagi oddiy qishloq oilalariyu, odamlar turmush tarzi adibning onasi bilan uygʻunlashtirib tasvirlangan. Oʻtkir Hoshimov shu kichik asarida ham dunyoning ishlarini mujassamlashtirgan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad qissani shunday tariflagan : "Dunyoning ishlari asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qoʻshiqday oʻqiladi. Uni oʻqib turib, oʻz onalarimizni oʻylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib boʻlmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol koʻz oldimizda koʻndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi".

Kitob haqida

Asl nomi
Dunyoning ishlari
Tili
Asar yozilgan til
Oʻzbek
Ilk nashr sanasi
2005

Statistika

5.0
Oʻrtacha baho
25
Baholar

Baholar taqsimoti

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.