Sa'dullo Quronov

image
3
Kitoblari soni
0
Baholar soni
0
Taqrizlar soni
5.0
Reyting
Janrlari:
qissa

Sa'dullo Quronov 1989-yil 31-yanvarda Andijon tumanida tugʻilgan. 1996 – 2004-yillarda tumandagi 4-umumtaʼlim maktabida, 2004 – 2006-yillarda ADU qoshidagi 11-litsey-internatda oʻqigan. 2006 – 2007-yillarda Andijon davlat universiteti, 2007 – 2012-yillar davomida Oʻzbekiston Milliy universiteti filologiya fakultetining bakalavr, magistratura bosqichlarini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2011-yilda “Sharq yulduzi” jurnalida boshlab, masʼul kotib, adabiyotshunoslik boʻlimi muharriri lavozimlarida ishlagan. 2015-yildan boshlab “Jajji akademik” bolalar jurnalida muharrir, keyinroq bosh muharrir lavozimlarida ishlagan. 2018-2020-yillarda “Yoshlik” jurnalining masʼul kotibi sifatida ham faoliyat koʻrsatgan. 2018-yilda Oʻzbek adabiyoti ixtisosligi boʻyicha yozgan «Zamonaviy oʻzbek adabiyotida sintez muammosi (sheʼriyat va rangtasvir sanʼatlari misolida)” mavzusidagi dissertatsiyani himoya qilib, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan. Sa'dullo Quronov Xalq taʼlimi aʼlochisi, umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun moʻljallangan “Ona tili va oʻqish savodxonligi”, “Ona tili” darsliklari mualliflaridan biri. 2021-yildan boshlab “Mustaqillik davri oʻzbek romanlaridan inson konsepsiyasi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy ish qilib kelmoqda. Saʼdullo Quronov adabiyotshunoslik bilan bir qatorda bolalar uchun ham ijod qilib keladi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Uning “Galaktikada bir kun” nomli ilmiy-fantastik qissasi hozirgacha uch marotaba nashr etilgan. Muallif mazkur kitob uchun 2021-yilda “Tahsin” mukofotiga sazovor boʻlgan. 2022-yili esa “Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob” tanlovida “Galaktikada bir kun” qissasi Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Sariq devni minib” asaridan keyingi – 2-oʻringa loyiq koʻrilgan va 75 million soʻm Prezident sovgʻasi bilan taqdirlangan. Sa'dulla Quronovning matbuotda 40 dan ortiq adabiy-tanqidiy, ilmiy maqolalari eʼlon qilingan.

Yozuvchining telegram kanali: https://t.me/bolalar_yozuvchisi.

Logo Logo © 2024 Mutolaa.uz