- Tavalludi
- 2-iyul 1942
Muxtor Shoxonov 1942-yil 2-iyulda Chimkent viloyati, Lenger tumani Qashqasuv qishlogʻida tavallud topgan. Yetti yillik maktabni tamomlagach, “Yulduz” kolxozida traktorchiga yordamchi, keyin viloyat gazetasida adabiy xodim, Qozogʻiston radiosida katta muharrir, Bosh muharrir boʻlib ishladi.
Chimkent Davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Keyinchalik “Jalыn” jurnalida Bosh muharrir, Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasi boshqarmasida kotib vazifalarida faoliyat koʻrsatdi.
Mustaqillik yillarida Qozogʻistonning Qirgʻizistondagi elchisi lavozimida xizmat qildi.
Qozogʻiston xalq shoiri. Uning sheʼriy va dramatik asarlari el orasida katta shuhrat qozongan.
Kitoblar (1)
| Kitob | Yil | Baho |
|---|---|---|
Choʻqqida qolgan ovchining ohi-zori
|
1998 |
0.0
(0)
|
| Kitob | Ilk nashr yili | Janr | Baho |
|---|---|---|---|
Choʻqqida qolgan ovchining ohi-zori
|
1998 | Publitsistika |
0.0
|