F

Frans Kafka

Tavalludi
3-iyul 1883
Vafoti
3-iyun 1924
Falsafiy adabiyot Hikoya Klassika Modernizm Roman Satira

Frans Kafka 1883-yilning 3-iyulida Praga shahrida tugʻilgan. Otasi oʻz mehnati tufayli shaharda kichikroq bir fabrikaning egasi boʻlgan. Kafka Pragadagi nemis gimnaziyasini tugatib, 1901 – 1905-yillarda Praga universitetida huquqshunoslikni oʻrgandi, sanʼat tarixi va olmonshunoslik boʻyicha maʼruzalar tingladi. 1906 – 1907-yillarda Praga shahar sudining advokatlar idorasida amaliyot oʻtadi. 1907-yilning oktyabridan boshlab xususiy sugʻurta jamiyatiga xizmatga kirdi. 1908-yilda Praga tijorat akademiyasida shu ixtisoslik boʻyicha malakasini oshirdi. Shundan soʻng u turli kam ish toʻlanadigan tashkilotlarda ishlagan. 1917-yilda Kafka sil kasaliga duchor boʻladi, 1922-yilda nafaqaga chiqadi. 1923-yili Berlinga ketadi, lekin sogʻligining yomonlashuvi sababli Pragaga qaytishga majbur boʻladi. Frans Kafka 1924-yilning 3-iyunida Vena shahri atrofidagi Kirling sanatoriyasida vafot etadi. Asarlari: «Bir kurash tarixi» (1902-1903, birinchi asari), «Qurilish» (1923, oxirgi asari), «Amerika» (1911-1916, birinchi romani), «Jarayon» (1915-1918, ikkinchi romani), «Qoʻrgʻon» (1921-1922, oxirgi romani), «Evrilish», «Hukm», «Jazo koloniyasida», «Ochlik ustasi», «Otamga xat» va boshqalar.

Kitoblar (9)

Natija topilmadi
Natija topilmadi
Kitob Baho
Amerika
Amerika

1927

0.0 (0)
Jarayon
Jarayon

1925

3.8 (6)
Jazo koloniyasida
Jazo koloniyasida

1919

0.0 (0)
Tush Frans Kafka
Tush

1916

0.0 (0)
Evrilish
Evrilish

1915

4.7 (12)
Muttaham Frans Kafka
Muttaham

0.0 (0)
Milenaga maktublar Frans Kafka
Milenaga maktublar

0.0 (0)
Qishloq koʻchasidagi... Frans Kafka
Qishloq koʻchasidagi bolalar

0.0 (0)
Qishloq koʻchasidagi... Frans Kafka
Qishloq koʻchasidagi bolalar

0.0 (0)

Tizimga kirish

Hisobingizga kiring va kitoblar olamiga shoʻngʻing

yoki email orqali

Hisobingiz yoʻqmi?

Kirishda muammo boʻlsa, biz bilan bogʻlaning.