“Parim bo‘lsa…”
Qayerda oʻqish mumkin
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob haqida
-
Tili
Asar yozilgan til
- Oʻzbek
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
#MenOʻqiganKitob
Abduqayum Yo'ldosh. Parim bo'lsa... (hikoya)
⭐️ Shaxsiy ball: 7.5/10
"Muhabbat o'zi eski narsa, lekin har bir yurak uni yangilaydi".
©️ Hodi Toqtosh
Abduqayum Yo'ldosh o'zbek adabiyoti zamonaviy hikoyachiligida inqilob yasagan ijodkor hisoblanadi. Buni "Puankare" hikoyasini o'qiganlar yaxshi bilishadi. Yozuvchining bu asari ham ana shunday ajoyib hikoyalardan biri ekan.
Asarning bosh qahramonlari Ibodulla va G'aniboy ismli ikki qahramonlari ham qishloqning oddiy, sodda odamlaridan hisoblanadi. Ularning ikkisi ham shahri azim Toshkentni jon-dilidan yaxshi ko'rishadi. Ibodullaning sababi aniq. Toshkentni yaxshi biladi. Shaharda uncha-muncha ish bitirish bo'yicha uning oldiga tushadigani yo'q. G'aniboyning sababi esa umuman boshqa. U muhabbat dardiga mubtalo bo'lgan. Voqealar rivojini hikoyani o'qib bilib olishingiz mumkin.
O'zgacha burilishga ega joyib hikoya. Tavsiya qilaman. Hikoyani o'qib G'aniboy nafsning qulimi, muhabbatning qulimi yoki orzulari qulimi degan savolga javobni baham ko'rsangiz xursand bo'laman.
📖 Hikoyani "Mutolaa" ilovasida o'qishingiz (tinglashingiz) mumkin:
🔗https://mutolaa.com/uz/book/parim-bo-lsa
🇺🇿 O'zbek adabiyotidan boshqa o'qigan asarlarim (https://t.me/BahodirMahmud/304)
👁 @BahodirMahmud
Hozircha iqtiboslar yoʻq