Oy va sariq chaqa
Qayerda oʻqish mumkin
Bu sayt — mutolaa kundaligi
Bu yerda kitoblarni oʻqib yoki yuklab (PDF) boʻlmaydi. Oʻqiganlaringizni qayd eting, baholang va taqriz yozing. Batafsil
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Somerset Moemning rassom Pol Gogen hayotidan ilhomlangan romani. Asarda ijodkorlik, jamiyat meʼyorlari va shaxsiy erkinlik oʻrtasidagi ziddiyatlar yoritiladi.
Kitob haqida
- Asl nomi
- The Moon and Sixpence
-
Tili
Asar yozilgan til
- Ingliz
- Ilk nashr sanasi
- 1919
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
#MenOʻqiganKitob
📓 Somerset Moem. "Oy va sariq chaqa" (The Moon and Sixpence) (1919)
Asar ruhiyat, orzular va shaxsiyat haqida.
Tuppa-tuzuk, birja dallolilik qilib, yaxshi pul topayotgan to'satdan xotini va bo'yi yetib qolgan ikki nafar farzandini tashlab, butunlay aloqani uzib, Fransiyaga ko'chib ketadi.
Maqsad - bu dunyoning barcha hoy-u havaslaridan voz kechib, bolalikda ushalmagan orzu - rassomchilik bilan jiddiy shug'ullanib, nafaqat zamonasining balki barcha davrlarning eng buyuk rassomiga aylanish edi.
Asarning barcha qismlari londonlik yosh yozuvchi dramaturg tilidan hikoya qilinsa-da, voqea-hodisalarning barchasi Charlz Striklend (rassom) atrofida aylanadi.
Bosh qahramonga prototip sifatida asosan imperissionizm yo'nalishida ijod qilgan mashhur rassom Pol Gogen ko'riladi. Asarning voqealar sodir bo'ladigan joylari Gogen borgan, yashagan, ijod qilgan joylar bilan deyarli bir xil.
Asarni o'qish davomida goh Striklenddan nafratlanasiz, goh uni yaxshi ko'rib qolasiz, goh esa rahmingiz keladi.
Asar nima demoqchi: Biror narsada mukammallikka erishish uchun hech qachon kech emas. Sizda ishtiyoq bo'lsa bas.
Kitobni tavsiya qilamanmi? ✅ Albatta. "Carpe Diem" (https://t.me/BahodirMahmud/703) klubimizda o'qigan 4 ta kitobimizdan hozircha eng yaxshisi men uchun.
📚 Men o'qigan boshqa kitoblarga taqrizlar (https://t.me/BahodirMahmud/304)
Hozircha iqtiboslar yoʻq