Bir kun
16+Qayerda oʻqish mumkin
Bu sayt — mutolaa kundaligi
Bu yerda kitoblarni oʻqib yoki yuklab (PDF) boʻlmaydi. Oʻqiganlaringizni qayd eting, baholang va taqriz yozing. Batafsil
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Toʻrt yil bitta universitetda oʻqigan ikki inson kelib-kelib bitiruv kuni tanishib qolishi mumkinmi? Albatta, axir charx Emma va Deksterning yoʻllarini aynan shunday gʻaroyib tarzda kesishtirdi. Taqdir ular uchun atagan bu kun, toʻrtburchak qalpoqlar osmonga otilgan, diplomlar tantanali topshirilgan kun katta hayotning boshlangʻich nuqtasi boʻldi. Bitiruvning ertasi - 15 iyul esa Emma va Deksterni yanada kuchli bogʻlagan, visol va firoqni birlashtirgan moʻjizaviy sanadir. Yanagi yil bu sanada nimalar yuz beradi? Undan keyingi yillardachi? "Bir kun" nomli film uchun asos boʻlgan ushbu kitob ikki qahramonning har yili 15-iyulda nimalarni boshdan kechirishini tasvirlaydi.
Kitob haqida
- Asl nomi
- One day
-
Tili
Asar yozilgan til
- Ingliz
- Ilk nashr sanasi
- 2009
- Oʻzbek tilida nashr etilgan sana
- 2023
- Yosh chegarasi
- 16+
Statistika
Baholar taqsimoti
Oʻxshash kitoblar
:📌 AXTED: Yillar o'tsa ham so'nmaydigan tuyg'ular haqida — "Bir kun" (Devid Nikolls)
Ba'zida inson yoningizda bo'ladi, lekin unga yetisha olmaysiz. Ba'zan esa orangizda minglab kilometrlar va yillar bo'ladi, ammo xayolingizda faqat u yashaydi. Bugun sizlar bilan birga tahlil qilmoqchi bo'lgan asarim — Devid Nikollsning "Bir kun" (One Day) romani. Syujet haqida qisqacha:Hikoya Dekster va Emma ismli ikki yoshning 20 yil davomidagi taqdirini qamrab oladi. Muallif judayam qiziqarli uslub qo'llagan: kitobda har bir yilning aynan bir kuni — 15-iyul sanasidagi voqealar va ularning ruhiy holati tasvirlanadi. Ular goh yaqin do'st, goh bir-biridan olislashgan begona, goh esa ich-ichidan bir-birini sog'inib yashaydigan oshiqlar... Nega bu kitobni o'qish kerak? Olisdan sevish va intizorlik darsi: Asarda insonlar yonma-yon bo'lmasalar-da, bir-birining hayotiga nechoqlik chuqur ta'sir qila olishi go'zal yoritilgan. Hayotiy va realistik: Bu yerda ertaknamo, balandparvoz muhabbat yo'q. Bu yerda xatolar, aytilmagan so'zlar, kechikkan e'tiroflar va vaqtning shafqatsiz o'tib ketishi bor.Iztirobli va ta'sirli: Qahramonlarning har bir uchrashuvidagi aytilmay qolgan gaplar kitobxonni beixtiyor o'yga tolidiradi."Sening yo'qliging xuddi atrofimdagi havo yetishmayotgandek tuyuladi. Men yashayapman, lekin to'liq nafas ololmayapman..."
AXTED tavsiyasi: Agar siz olisdan sevish, vaqt va masofa bilan sinaladigan tuyg'ular hamda insoniy munosabatlar haqida chuqur, biroz g'amgin va o'ylantiradigan asar qidiryotgan bo'lsangiz — "Bir kun" aynan siz uchun. P.S. Kitobni o'qish jarayonida vaqtni va yoningizdagi insonlarni qadrlash haqida qayta o'ylab ko'rasiz.
Zoʻr
Seni sevishim uchun har kuni yoningda bo'lishim shart emas. Sen mening xotiramda, hayolimdasan.
Sening yo'qliging xuddi atrofimdagi havo yetishmayotgandek tuyuladi. Men yashayapman, lekin to'liq nafas ololmayapman
Kelajak haqida o'ylashni to'xtating va shunchaki hozirgi kun bilan yashang. Chunki ba'zan eng muhim inson yoningizda bo'ladi, lekin siz buni juda kech anglaysiz
Sen mening eng yaqin do'stimsan va men seni shunchalik yaxshi ko'ramanki, bu ba'zan meni qo'rqitib yuboradi.
Ular yillar davomida bir-biriga do'st bo'lib qolishdi, ammo har safar ko'rishganlarida, ularning orasidagi havoda aytilmagan, lekin ikkalasi ham his qiladigan tuyg'u titrab turardi.
Qayerda bo'lsa ham, nima qilayotgan bo'lsa ham va kim bilan yashayotgan bo'lsa ham — u har doim Emma bilan xayolan gaplashardi.