SOS! Savol ortidagi savol
Qayerda oʻqish mumkin
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Odamda masʼuliyat hissi boʻlmasligi aybni birovga toʻnkash, oʻzini jabrdiyda his etib norozi boʻlish, oxir-oqibat ishni ortga surishga sabab boʻladi. Shaxsiy javobgarliksiz hech bir kompaniya yoki inson erkin bozorda muvaffaqiyatli raqobatlashishi, oʻz oldiga qoʻygan maqsad-vazifalariga erishishi, mukammal xizmat koʻrsatishi, ajoyib jamoaviy ishda qatnashishi va odamlarni professional oʻstirishi ehtimoldan juda yiroq. Jon G. Millerning fikricha, kompaniyalar jabr koʻrayotgan bu muammolarni kimnidir ayblash orqali hal qilib boʻlmaydi. Masalaning chinakam yechimi har birimiz shaxsiy javobgarlikni his etganimizdagina topiladi. Miller oʻzining ushbu kitobida “Nima uchun hammasini biz bajarishimiz kerak?” yoki “Aybdor kim oʻzi?” singari salbiy va notoʻgʻri berilgan savollar odamlarda masʼuliyat yetishmasligidan darak beradi, deydi. “Vaziyatni yaxshilash uchun nima qila olaman?” yoki “Men qanday hissa qoʻshishim mumkin?” kabi toʻgʻri savollar esa hayotimiz va jamoamizni ham oʻzgartirib yuboradi. Qisqa, tushunarli va amaliy, “SOS! Savol ortidagi savol” ajoyib natijalarga olib kelishi mumkin boʻlgan kundalik hayotga shaxsiy javobgarlikni qoʻllash usulini taqdim etadi: muammolar hal qilinadi, toʻsiqlar yoʻqoladi, xizmat yaxshilanadi, jamoaviy ish samarasi ortadi va odamlar oʻzgarishlarga moslashadi.
Kitob haqida
- Asl nomi
- QBQ! The Question Behind the Question
-
Tili
Asar yozilgan til
- Ingliz
- Ilk nashr sanasi
- 2004
- Oʻzbek tilida nashr etilgan sana
- 2021
Statistika
Baholar taqsimoti
Oʻxshash kitoblar
#MenOʻqiganKitob
❓ Jon G. Miller. "SOS: Savol ortidagi savol" (2004)
📓 Goodreads: 3.8/5
⭐️ Shaxsiy: 6/10
Kitob Jon Millerning QBQ (Questions behind questions) konsepsiyasi asosida yozilgan. Kitob shaxsiy mas’uliyat, tashabbus va muammolarga yechim topishga bag‘ishlangan.
Asosiy g‘oya — muammoni tashqi omillardan qidirmasdan, o‘zimizga to‘g‘ri savollar berish:
Noto'g'ri savollar:
❌ “Kim aybdor?”
❌ “Qachon bu muammo hal bo‘ladi?”
❌ “Nega ular buni qilmayapti?”
⠀
To'g'ri savollar:
✅ “Men nima qila olaman?”
✅ “Qanday hissa qo‘sha olaman?”
✅ “Qanday yaxshilik qilishim mumkin?”
⠀
Kitobdan asosiy xulosalar:
🔹 Harakatga o‘tish — shikoyatdan voz kechish;
🔹 Javobgarlikni o‘z zimmamizga olish;
🔹 Tashabbuskorlik va samaradorlikni oshirish.
⠀
Bu asar rahbarlar, jamoa a’zolari va shaxsiy rivojlanishga intilayotganlar uchun foydali bo'lsa ajab emas. O‘zingizga beradigan savollarni to‘g‘ri tanlash — bu hayotingizni ijobiy tomonga o‘zgartirish yo‘lidagi birinchi qadam.
Kitob javonimda bu kitobga joy bormi? ❌ Shunchaki yo'q. Juda yoqmadi. Lekin siz bir o'qib chiqing. Balki sizga yoqib qolar.
📚 Men oʻqigan boshqa kitoblarga taqrizlar (https://t.me/BahodirMahmud/304)
👁 @BahodirMahmud
Ajoyib
Hozircha iqtiboslar yoʻq