Alvido, bolalik
Qayerda oʻqish mumkin
Bu sayt — mutolaa kundaligi
Bu yerda kitoblarni oʻqib yoki yuklab (PDF) boʻlmaydi. Oʻqiganlaringizni qayd eting, baholang va taqriz yozing.
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Tohir Malikning ushbu qissasi oʻzbek adabiyotida voyaga yetmaganlar orasidagi jinoyatchilik va tarbiya masalalarini ochiq-oydin yoritgan eng kuchli asarlardan biridir. Asar qahramonlari — shoʻxlik va bilmaslik oqibatida jinoyat koʻchasiga kirib qolgan, taqdiri ayanchli yakun topgan oʻsmirlardir. Muallif Qobil, Shohista kabi personajlar timsolida oiladagi muhit, befarqlik va notoʻgʻri tarbiya inson kelajagini qanday barbod qilishi mumkinligini koʻrsatib beradi. 'Alvido, bolalik' — shunchaki asar emas, balki jamiyat va ota-onalar uchun ogohlik qoʻngʻirogʻidir.
Kitob haqida
- Asl nomi
- Alvido, bolalik
-
Tili
Asar yozilgan til
- Oʻzbek
- Ilk nashr sanasi
- 1989
Statistika
Baholar taqsimoti
Muallifning boshqa kitoblari
Oʻxshash kitoblar
#book_review ✨
Nomi: Alvido, bolalik
Muallifi: Tohir Malik
Tohir Malik - o'zbek adabiyoting eng yorqin yozuvchilaridan biri hisoblanadi. U 1989-yil "Alvido, bolalik" detektiv asarini yozadi. Ko'plab o'quvchilarning qalbidan joy olgan bu asar har bir qahramonning hayoti ila ibrat va hikoyalarga to'la.
Bolalik deganda hayolimga quyidagilar keladi: umrning eng yoqimli davri, beg'am kunlar, erkalanish va injiqliklar, turli xil o'yinlar va eng asosiysi beg'ubor jajji qalb sohibi. Hech o'ylab ko'rganmisiz bolalik qachon yakun topadi? Siz o'z bolaligingizga qachon alvido degansiz, yoki hali ham bolamisiz? Ba'zi insonlar aqlini tanidimi ulg'ayadi, ba'zi insonlar bo'lsa umrining so'nggigacha bola bo'lib qoladi. Yana bir toifa odamlar o'z vaqtida bola ham, o'smir ham, yosh ham, o'rta yosh ham bo'lib havas qilarli darajada keksayishadi. Men hozir jismoniy ulg'ayish haqida emas manan ulg'ayish haqida aytyapman. Bu uch toifa insonlar ichida fikrimcha eng qiyini bolaligi bo'lmagan, go'daklikdan hayot tashvishlariga qorishib ketgan,o'z umr yo'lini o'zi tanlay olmaydigan, hattoki orzu qilishdan ham qo'rqadigan, bolalik so'zini baxt so'zi bilan bog'lay olmaydigan insonlar bo'lsa kerak.
Ushbu asarda o'smir yoshlarning hayoti, qanday qilib kichkina yoshdagi bolalar jinoyat ko'chasiga kirib ketgani ko'rsatilgan. Bosh qahramonlar: Asror, Salim va Qamariddinlar o'ziga yarasha sabablarga ko'ra bu ko'chaga kirib qolishgan, ammo uchchalasini ham birlashtiruvchi sabab - ota-onasi tomonidan tushunmaslik, bemehrlik va yaqin odami, maslahatchisi bo'lmasliklari. Ularning hikoyasi bilan tanishib angladimki hamma jinoyatchilar ham yomon emas, hammasi ham vahshiy emas. Fikrimcha, odam jinoyatchi boʻlib tugʻilmaydi. Uni atrof-muhit jinoyatchi qilib tarbiyalaydi.
Asardagi Keldiyorovlar oilasi tufayli tushundimki bolaga hamma sharoit qilib berish bilan to'g'ri tarbiya berib bo'lmaydi. Aksincha, bola tarbiyasi ham katta ilm, uni ham o'rganish va bolalarda to'g'ri qo'llash orqali natijaga erishsa bo'ladi. Keldiyorovlar oilasi poraxo'rlik, obro' va mansab orqali o'zining maqsadiga erishishga harakat qiluvchilar timsoli ham hisoblanadi. Bu kabi odamlar har bir jamiyatda bo'lganidek, asarda ham o'z ta'sirini ko'rsatishgan.
Umumiy qilib aytganda Tohir Malikning ushbu asari o'qishga arziydi, ketkazgan vaqtizga achinmaysiz degan umiddaman!
@mahliyo_umarjonova
Hozircha iqtiboslar yoʻq