Savdo sanʼati
Qayerda oʻqish mumkin
Bu sayt — mutolaa kundaligi
Bu yerda kitoblarni oʻqib yoki yuklab (PDF) boʻlmaydi. Oʻqiganlaringizni qayd eting, baholang va taqriz yozing.
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Ushbu kitobda savdo boʻyicha mutaxassis Grant Kardon sotish tamoyillarini, ishontirish yoki koʻndirish usullarini va savdoning hayotimizdagi oʻrnini koʻrsatib beradi. U hatto iqtisodiyot yomonlashgan payti ham sotishni, savdo rekordlarini yangilashni koʻrsatib beradi. Eng muhimi mijozni tushunishni, muammosiga mos yechim berishni va rad javoblar sonini kamaytirish usullarini oʻrgatadi. Ushbu jozibali va tushunarli kitobda Grant Kardon oʻzining koʻp yillik tajribasi va bilimlarini oʻrtoqlashadi. Kitobxonlarni savdo va biznesda muvaffaqiyat qozonish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar va strategiyalar bilan taʼminlaydi.
Kitob haqida
- Asl nomi
- Sell or be sold
-
Tili
Asar yozilgan til
- Ingliz
- Ilk nashr sanasi
- 2011
- Oʻzbek tilida nashr etilgan sana
- 2024
Statistika
Baholar taqsimoti
Oʻxshash kitoblar
#MenOʻqiganKitob
❤️ Grant Kardon. "Savdo san'ati" (Sell or be sold) (2011)
Kitob Google, Morgan Stanley, Toyota, GM, Nissan, Infiniti, Reinhardt, Carrier kabi mashhur brendlar bilan birgalikda ishlagan, uzoq yillik tajribaga ega muallif Grant Kardon tomonidan yozilgan.
Kitob biror predmet yoki xizmatni mijozga sotish borasida kerak va zarur bo'lgan qimmatli va sinovdan o'tgan maslahatlar berib ularni hayotiy hikoyalar va real insonlar bilan bog'laydi.
Go'yoki kitobni asaxiy.uz jamoasi rahbari Firuz aka Allayev o'z jamoasining har bir a'zosi o'qishi uchun tarjima qildirganday. 😁 Qo'rqmasdan kimgadir, sovg'a qilishga arziydigan kitob. Ayniqsa erkak kishiga. Yaxshi muomalani o'rgatadigan kitob ekan.
⭐️ Shaxsiy ball: 8/10
Kimlar o'qishi kerak? Savdo va hizmat ko'rsatish bilan shug'ullanadigan barcha-barcha. Odamlarga o'z tovarini, biznesini va xizmatini sotish bilan shug'ullanadigan istalgan kitobxon uchun foydali. Umuman bu sohada bo'lmaganlar ham bemalol o'qisa bo'ladi. Kitobning ikkinchi nomi sifatida esa "Kelishuv san'ati" nomini taklif qilish mumkin.
Kitob javonimda bu kitobga joy bormi? ✅ Albatta. Nafaqat marketing, biznes va korporativ boshqaruvni o'rganuvchilar, shuningdek, shaxsiy rivojlanish uchun ham ajoyib qo'llanma bo'la oladigan kitob deb aytish mumkin.
👁 @BahodirMahmud
Hozircha iqtiboslar yoʻq