Chalgʻituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari
Qayerda oʻqish mumkin
Bu sayt — mutolaa kundaligi
Bu yerda kitoblarni oʻqib yoki yuklab (PDF) boʻlmaydi. Oʻqiganlaringizni qayd eting, baholang va taqriz yozing.
Bu kitobning rasmiy elektron/qogʻoz manbasi hali qoʻshilmagan.
Kitob tavsifi
Ishda, oʻqishda diqqatingizni jamlay olmaysizmi? Doim Telegram, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar sizni chalgʻitadimi? Demak, AQShlik professor Kel Nyuportning maslahatlari aynan siz uchun. Diqqatni jamlab, chalgʻimasdan oʻz faoliyati bilan shugʻullanish muammoga aylangan zamonda professor oʻzining ilmiy asosga ega maslahatlari bilan sizga yordamga keladi. Kitobda eng muhim mavzu, keraksiz kichik narsalarga chalgʻimasdan, diqqatni murakkab va muhim vazifalarga jalb qilish haqida yozilgan. Kitobda taʼkidlanishicha zamonaviy dunyoda diqqatini jamlab, bir vazifa ustida ishlay bilgan odamlargina haqiqiy yutuqlarga erisholadi. Teran ish — bu kognitiv jihatdan talabchan vazifadan chalgʻimasdan diqqatni jamlash qobiliyati. Bu sizga murakkab maʼlumotlarni tezda oʻzlashtirish va qisqa vaqt ichida yaxshi natijalarga erishish imkonini beradigan mahoratdir. Teran ish sizni qilayotgan ishingizni samaraliroq qiladi va ish jarayonida haqiqiy qoniqish hissini beradi. Muallif va professor Kel Nyuport “Diqqat: Chalgʻituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari” asarida ijtimoiy tarmoqlarning hayotga taʼsiri haqida hikoya qiladi. Chalgʻish yomon deb bahslashish oʻrniga, u aksincha teran ish kuchini koʻrsatib beradi. Kitobni oʻqib turib, siz ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlarning bizning hayotdagi oʻrni va ahamiyati haqida oʻzingizga savollar berib boshlaysiz.
Kitob haqida
- Asl nomi
- Deep Work: Rules for Focused Success in a Distracted World
-
Tili
Asar yozilgan til
- Ingliz
- Ilk nashr sanasi
- 2016
Statistika
Baholar taqsimoti
Oʻxshash kitoblar
Hozircha taqrizlar yoʻq
Hozircha iqtiboslar yoʻq